Salerno Maktabi

By S. Alijonov, in 1996

Ko’hna Salerno shahri Kompaniyaning Pestanskiy ko'rfazida joylashgan. Eramizdan avvalgi II asrdan boshlab rimliklar mustamlakasi bo'lgan bu go'sha buyuk Rim imperiyasining dastlabki paytidanoq o'zining bahavoligi bilan ajralib turgan. Hatto Avgustning vrachi Antoniy Muza o'sha shifobaxsh joyda dardidan halos bo’lishi mumkinligini unga maslahat bergan ekan. Qizig'i shundaki, Еvropadagi ilk tibbiyot dargohi dastlab ana shu Salernoda paydo bo’ladi.
IX asrda Salerno shahri Langobardo gersogligining poytaxti bo'lgan bo'lsa, 1077 yilda shahar Normandiyaliklar tomonidan zabt etilib, gersog Robert Gyuiskar bu yerga o'zining qarorgohini quradi. Xuddi ana shu asrdan boshlab, Salernoda vrachlar, korporasiyasi faoliyat ko’rsatib, kasallarni davolay boshladilar. Bir so'z bilan aytganda, bu maskanda nafaqat davolash muolajalari, balki tibbiyot sohasida bilim berish ham shakllandi.
Maktabning ilk faoliyat bosqichida o'zida mukammal amaliy bilimlarni mujassamlashtirgan, tibbiy qimmatga ega kitob – “Antidotariy” vujudga kelib, ilm toliblariga asosiy qo'llanma sifatida ishlatilgan. Garchi XІ-XІІ asrlarda “Antidotariy” o'zida bor-yo'g'i 60 ta retseptni mujassamlashtirgan bo’lsada, keyinchalik bu asar kengaytirilib, ancha boyitildi. Olim Goriopontoning turli xil kasalliklar diagnostikasi haqida maʻlumot beradigan. “Passionariy” deya nomlanuvchi asari esa maktabning ikkinchi qimmatli qo'llanmasi xisoblangan.
Salerno maktabi tarixida XI asrning ko'zga ko'ringan vrachi Konstantin Afrinskiyning (1020-1087) ham hissasi kattadir. Afrinskiy arab tilida yozilgan tibbiy kitoblarni lotinchaga o'girish bilan maktabni meditsina haqidagi qimmatli maʻlumotlar bilan boyitdi.
XII asrda Mavr va Urso kabi ushbu dargoh vrachlarining yaratgan tibbiy asarlari ham maktab taraqqiyotiga shubhasiz taʻsir etdi. Salerno maktabining eng sara asarlaridan yana biri Breslavlskiy kodeksidir. Bu kodeks XII asrda yozilgan.
-Salerno maktabida mashg'ulotlar 5 yil davom etgan. Unda keyin ilm toliblari bir yil mobaynida amaliyotdan saboq o'tashgan. Shunisi eʻtiborga molikki, uch yillik tayyorlov kursini o'tashgandan keyingina bo’lajak vrachlar Salerno maktabiga qabul qilingan. Maktab asta-sekin Yevropaning tibbiy markaziga aylana borgan.Qizigi shundaki, Salernoda ayol vrachlar ham toliblarga saboq berganlar. XI-XII asrlarda yashab o'tgan Abella, Tratula kabi vrach olimalar xotin-qizlarda uchraydigan ayrim hastaliklar to'g'risidagi asarlari bilan talabalarga yo'llanma bergan bo'lishsa, XIV asrda faoliyat ko'rsatgan Konstanta Kalenda, XV asrda yashab jarrohlik ilmi bilan shug’ullangan Merkuriadis, Rebekka, Guarlar xam tibbiyot olamida yangiliklar yaratishga intilishgan.
Idealistik xarakterga ega bo'lmagan bu yangicha maktab XIX asrning o'rtalarigacha faoliyat ko'rsatgan