KIM SAKLANSA... NA JOT BOR
Nima bo'lganda ham ehtiyotkorlik yaxshi ekan. Bir lahzalik loqaydlik Jarqo'rg'on tumanidagi «Oqqo'rg'on» jamoa xo'jaligida yashovchi Raʻno Allaberdievaga salgina qimmatga tushdi. Yaʻni uydagi gaz plitasi ochiq holda qoladi. Natijada gaz xonani to'ldiradi. Uy bekasi esa gazdan qattiq zaharlanib, kasalxonaga tushdi.Shu tumandagi Norali Boymurodov nomli jamoa xo'jaligida istiqomat qiladigan Xushboq Bo’ronovning xayoliga nimalar kelgani bizga qorong'u. Ammo u uyidagi avtoulov tormoziga qo’yiladigan suyuqlikni yaxshi bir ichimlik... o'rnida bilmasdan va bexosdan sipqorib yubordi. Aʻzoi badani zaharlangan Xushboq akamiz hozir shifoxonada davolanmoqda. Afsuski, Xushboq akaning xatosini takrorlayotganlar Surxondaryoda yana bor ekan. Bandixon tumanidagi “Paxtakor” jamoa xo'jaligi aʻzosi Fayzullo Jovliyev degan kishi uyidagi aseton suyuqligini boshqa bir ichadigan narsa xayol qilib... ichib yuborganini bilmay qoldi. Aseton deganlari ham bir zaxri qotildek gap. Fayzulla aka shu kunlarda shifokorlar qo'lida najot topmoqda. Denovlik Juma Xayitmurodov esa o'z uyida uksus ichib, zaharlandi. G’ofillikning hattoki bir daqiqasi ham juda qimmatga tushajagini bilganlar biladi, bilmaganlar esa.