Oriyatning Kuchi
Bu voqeaga ham ancha bo'ldi. Uzoq Rossiya tomonlarda yigitlik burchini o'tab yurgan qishloqdoshim bahorning oxirlarida uyiga qaytgandi, o'shanda.
Toshkent shimoliy temir yo'l bekatiga kelib tushgan hamqishlog'im bir lahza quvonchdan o'zini yo'qotdi. Axir, ona yurtiga, jonajon qishlog’iga qaytayapti... Ammo uyiga Xatirchiga hali yana ancha yul bosishi kerakligini uylab turib, sal kalovla- nib koldi. Poezdga chiqay desa, yarim tunda uyiga, olib boradi. Shularni o'ylab turib, tavakkalda, degancha shartta taksi ushladi. Va taksichi bilan ikki qo'y 100 so'm pulga kelishib olishdi.
Butun diqqatini uyi haqidagi shirin o'y-xayollar band etgan yigit Xatirchiga yetib kelganini ham sezmay qoldi. Taksichiga qishloq yo'lini ko'rsatarkan, xayolidan bir fikr o'tdi. “Ishqilib uydagilar shofyorga kira haqqini bera olisharmikan?” Qo'qqisdan miyasiga kelgan shumlik uni bu tang holatdan qutqazadiganday tuyulib, shofyorga besh daqiqa to'xtab turishini, qorni bezovta qilayotganini bahona qildi. Qo'lida xech qanday yuki yo'qligi esa unga yana qo'l keldi. Yigitdan hadeganda darak bo'lavermagach, taksichi, “Nahotki shunchalik pastkashlik qilsa”, deb o'ylay boshladi.
Xuddi o'sha kun qo'shni qishloqda to'y bo'layotgandi. Taksichi shu yerga kelib, ikki-uch odamga o'z dardini aytdi. Ammo mezbonlar uzoq o'ylanishsada, bu kimning o'g'li ekanligini aniq aytisholmadi. Bu gapni eshitib qolgan Abdurahim aka to'satdan «mabodo bu yigit mening Ahrorim emasmikan?” degan uyga bordi. Va shofyordan yigitning tashqi ko' rinishini obdan sinchiklab so’radi.
Gumonni ichiga sindirolmagan Abdurahim aka shartta mashinaga o'tirib, taksichi bilan o'z qishlog’iga ketdi. Borishsa, uyda g’ala-g'ovur kuchaygan, demak, kelgan yigit haqiqatdan ham o'g'li. Abdurahim aka uyga kirarkan oriyati qo'zib, o'g'li bilan ko'rishmasdan oldin uning yuziga tarsaki tortib yubordi. O’g’il hayron, ona esa erini tushunolmay yig'lab bolasiga yopishadi. Abdurahim aka shahd bilan uydan chiqib, og'ilxona tomon yurdi. Qo'radan ikkita boqilgan sovliqni olib kelishni buyurdi. Taksichi nimalar bo'layot- ganini anglolmay hayron. Xullas Abdurahim aka 150 sum pul, ikki bosh qo'chqor, yangi tun bilan taksichini mehnatiga rozi qilib, undan qayta-qayta kechirim so'radi. Otani uyaltirib qo'ygan o'g'il esa nomusdan bosh ko'tarolmay, mulzam bo’lib qolgan edi.