NIKOH — MUQADDAS AHDNOMA

By Dilbar Rahimova …, in 1996

Keyingi paytlarda gazeta sahifalarida nikoh to'ylari bilan bog’lik bo'lgan rasm-rusumlar, yigit-qizlarning nikohga tayyorlanishi xususida qator maqolalar berib borilmoqda. Ular mushtariylarda katta qiziqish uyg'otayotganligi tahririyatga kelayotgan maktublar va qo'ng'iroqlardan ayon bo'layotir. Shu boisdan bugungi suhbatimizni ham nikoh masalalariga oydinlik kiritishga bag'ishladik.Toshkent shahar 2-son «Shodlik» nikoh uyi mudirasi Nargis ISHOQOVA:
-Nikox davlat va jamoat manfaatlarini ko'zlab, shuningdek er bilan xotinning va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini hamda manfaatlarini muhofaza etish maqsadida qayd qilinadi.Fuqarolik dalolatnomalarini yozish (FXDYo) davlat idoralarida tuzilgan nikohgina er bilan xotinning huquq va majburiyatlarini vujudga keltiradi. Erkak va ayolning nikohi FXDYo (ZAGS) bo'limida qayd qilinmasdan turib er-xotin bulib yashashi, ular qancha vaqt birga turishlari va bolalari bor-yo’qligidan qatiy nazar, nikoh va oila qonunlarida belgilangan er-xotinlik huquq va majburiyatlarini vujudga keltirmaydi.Agar kuzatgan bo'lsangiz, keyingi yillarda baʻzi bir erkaklarimiz «ko’ngil ko'chasiga» kirib kup xotinlikka ruju qo'yishmoqda. Buning oqibatida ne-ne oilalar buzilib ketmoqda, yetim-yesirlar ko'paymoqda.Yaqinda bo'limimizga bir ayol murojaat qildi. O'qimishli, tushungan xushbichimgina bu ayol yoshi anchaga borganda, o'zi ko'ngil qo'ygan kishisiga sharʻiy yo’l bilan turmushga chiqadi. Eri birinchi oilasidan farzand ko'rmagan edi. Lekin, undan xam ajralmaydi. Faqat shuni demasa, ayol baxtli turmush kechirayotgandi...
Vaqt o’tib ular farzandlik bo’lishadi. Ammo shu bilan bir vaqtda erkak birinchi ayolidan ham farzandli bo'ladi va u birinchi oilasiga qaytadi.Erkakning ikkinchi ayoli uni orqasidan izlab boradi. Er esa xotindan ham boladan ham tonadi. Shunda ayol qattiq yanglishganligini anglaydi. Afsuski, xatosini kech tushungandi...
- Qonunda fuqarolar oila oldidagi burchlarini bajarmasalar u majburiy tartibda amalga oshirilishi qayd qilingan. Lekin ayrim hollarda er-xotin o'rtasidagi huquq va majburiyatlarni huquqiy jihatdan aniqlash imkoniyati bo’lmay qoladi va oxiri ish sudgacha borib taqaladi.Qisqasi noqonuniy nikoh bilan ko’rilgan oila mustahkam, barqaror bo’lmaydi. Shuning uchun bugungi fursatdan foydalanib, oila qurayotgan kelin-kuyovlarga turmush masalasida juda ehtiyotkor bo'lishlari, albatta ochiq yuz bilan qonuniy oila qurib yashashlarini maslahat berardik.Sizningcha mo’rt oilalarning paydo bo'lishiga kimlar ko'proq sababchi?
- Avvalo, ota-onalar ayrimlar qizidan tezroq qutilish uchun birinchi kelgan sovchining har qanday shartiga rozi bo'lib to'yni boshlab yuboraveradilar. Qolaversa...
Bundan bir necha yillar avval diniy tashkilot va masjidlar nikoh masalasida bevosita bizlar bilan bog’lanib ish olib borishardi. Yaʻni, turmush qurayotgan kelin-kuyov davlat FXDYo bo'limidan olingan nikoh guvohnomasini ko'rsatganlaridan so'ng masjidda maxsus birkitilgan imomlar tomonidan nikoh o'qilardi. Ularni uz ro’yxat daftarlari, to'lanadigan chiptalari bo'lardi. Hozirda esa mana shu tartib-qoidalar juda susayib ketdi. Nikoh ruxsati bo'lgan bo’lmagan odamlar tomonidan so'ramay-surishtirmay o'qilmoqda. Bu tartibsizliklar oqibatida esa ajralish, yuqoridagi misoldagidek ko’ngilsiz hollar kelib chiqmoqda.
Xabaringiz bor davlat FXDYo bo’limida turmush qurayotgan kelin-kuyovga nikohdan o'tishdan oldin bir oy sinov muddati beriladi. Shu bilan bir qatorda kelin-kuyov nikohga o'tish arizasini to'ldiradi. Agar noto’g’ri malumot berilsa, maʻmuriy javobgarlikka tortiladi. Bir oy sinov muddati kelin-kuyovning bir-birlarini to'liqroq o'rganib olishlari, muhabbatlarini sinashlari uchun imkon beradi.Mana, 1995 yilda «Shodlik» baxt uyiga nikohdan o'tishni so'rab tushgan arizalar soni 3750 taga yetdi. Shulardan 3512 tasi nikohdan o'tgan. Qolganlari nikohdan o'tishga kelmadi. Demak, ular bir-biriga qandaydir maʻqul kelishmagan. Demoqchimanki, oila umr savdosi. Bu borada shoshmaslik zarur. Toshkent shahar Adliya boshqarma- si boshligi muovini Gulnora IMOMJONOVA: Yuqorida taʻkidlanganidek faqat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish davlat idoralarida tuzilgan nikohgina er bilan xotinning qonuniy munosabatini vujudga keltiradi. Diniy marosim yuli bilan tuzilgan nikoh esa huquqiy ahamiyatga ega emas.Tajribadan maʻlumki, qonuniy nikoh yoshiga yetmagan aksariyat yoshlarimizning faqat nikoh o'qitish bilan turmush qurayotganliklari tez-tez uchrab turibdi. Bu esa turli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Masalan: Yaqinda Toshkent shahar Adliya boshqarmasiga bir ayol murojaat qildi. U qizini o'n uch yoshida Suriya davlati fuqarosiga turmushga bergan. Hozir qizi 16 ga kiryapti va ikkinchi farzandiga homilador ekan. Ayol kuyovining ota-onasi ularni Suriya Arab Respublikasiga chaqirayotgani, lekin yoshlarning qonuniy nikoh guvoxnomalari bo'lmaganligi sababli qizi eri bilan ketolmayotganligini aytib bizdan yordam so'radi. Maʻlumki nikoh tuzish uchun fuqarolardan pasport talab qilinadi. Qizning esa 16 yoshga to'lmaganligi sababli hali pasporti ham yo'q. Mana shunday ko'ngilsiz hodisalar ota-onalar qizlarini yosh turmushga berishi va ayrim mullalar nikohlanuvchilarning nikoh yoshiga yetgan-yetmaganligi, oilasi bor yo'qligini so'rab surishtirmay nikoh o’qib yuborayotganliklari oqibatida yuz bermoqda. Shuning uchun albatta, davlat FXDYo bo'limlari bilan diniy muassasalar bahamjihat ish olib borishlari zarur. Mamlakatimizda oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni har tomonlama muhofaza qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Kelin-kuyovlarga oila kurish bilan bog'liq bir qator imtiyozlar berilgan va berilayotir. Masalan, «Sog'lom avlod uchun», xayriya jamg'armasi va orderining taʻsis etilishi hukumatimizning oilaga, kelajagimiz bo'lmish farzandlarga bo'lgan diqqat-eʻtiborining yaqqol ifodasidir. Toshkent shahar hokimligi Adliya boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga O'zbekiston Respublikasining «Nikoh va Oila kodeksi»ni «Oila kodeksi deb nomlagan holda qayta ko'rib chiqishini so'rab, uning, 17-18-19- moddalariga quyidagicha o'zgartirishlar kiritishni tavsiya qildi: nikohga kiruvchilarning nikoh yoshi yuzasidan qonunda ko'rsatilgan muddatning hokimliklar tomo- nidan qisqartirilmasligi;nikox tuzishga monelik qiladigan xolatlar mahalla, xotin- qizlar qo'mitalari va nikoh o'quvchi, diniy tashkilotlar eʻtibori" da bo'lishi; maktablarda tibbiyot nazoratini joriy qilib, o'g'il-qizlarning salomatligini kuzatib borish va maktabni tugatgan yoshlarga maʻlumoti haqidagi hujjatga qo'shimcha qilib, sog'ligi haqidagi maʻlumotnoma berilishi;
- oilani tuzish va uning mustahkamlanishini nazorat etish uchun tuman hokimliklari huzurida jamoatchilikdan iborat (diniy tashkilot vakillari bilan) maxsus komissiyalar tuzish va hokazo.Umuman, nikohlar diniy tashkilot tomonidan maxsus biriktirilgan kishilar tomonidan nikohlanuvchilar FXDYo bo'limidan berilgan nikox guvohnomasi ko'rsatilgandan so'ng nikoh o'qilsa va bu qoida Adliya boshqarmasi ro'yxatidan o'tgan diniy tashkilot ustaviga qatʻiyan kiritilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Movarounnahr musulmonlari muftisi Muxtorjon hoji Abdullox Buxoriyning sharhi Bismillohir rohmanir rohim! Nikoh - bu muqaddas ahdnoma. . Unga yengil-yelpi qarab bo'lmaydi. Nikox tufayli ikki begona bir- birlariga halol bo'lib, bo'lajak oila uchun masʻuliyatni oladilar. Nikohni har kim o'qiyvermaydi. Nikohni nikohlanuvchilarning avvalo turmush qurishga har tomonlama mos va tayyor ekanliklarini tushunib etadigan, diniy maʻlumotga ega, nikoh, oila, taloq masalalaridan xabardor, ularga bo'lg'usi oila haqida tushuncha bera oladigan iqtidorli, iloji bo'lsa, biror diniy xizmatni bajaruvchilardan bo'lgan kishi o'qishi tavsiya etiladi. Odatda nikohni masjidlarning imomlari o'qiydilar. Diniy idoramiz tomonidan davlat FXDYo bo’limlaridan nikoh to'g'risidagi guvohnomalarini olmaganlarga shaʻriy nikoh o'qilmasin degan buyruq berilgan. Ayrimlar FXDYo bo'limidan guvohnoma ololmagandan so'ng masjidlarga bormay biror chala savod bo’lsa ham domla topib maxfiy nikoh o'qitadilar. Bu esa, albatta, masʻuliyatsizlik. Hujjatsiz o'qilgan nikoh bilan turmush qurganlarning tez fursatda ajralib ketishlari oson. Chunki eri arzimagan bahona bilan ketib qolishi, beva qolgan ayol sarson bo'lishi mumkin. Biror idoraga borib arz qilay desa, qo'lida hujjati yo'q. Shuning uchun oila mustahkam, chiroylik bo'lishi uchun ham shaʻriy, ham qonuniy talablarga rioya qilinishi yaxshidur. Qonuniy xotini bo'la turib, boshqa ayolga uylanish masalasiga kelsak, bu savolga bir so'z bilan ha yoki yo’q deb javob aytib bo'lmaydi. Davlat qonunida ko'rsatilgani kabi Islomda ham (baʻzi zaruriy holatlar bundan mustasno) faqat bitta ayol bilan turmush qurib o'tish targ’ibot qilinadi.
Ayrimlar Qurʻonda to'rttagacha uylanishga ruxsat berilgan degan gapni pesh qiladilar...
Keling, Qurʻoni Karimga murojaat qilaylik: «Niso» surasining uchinchi oyatida to'rt nafargacha uylanishga ruxsat bera turib, darhol orqasidan «agar ular o'rtasida adolat va tenglikni barqaror qilolmaslikdan qo'rqsangiz, faqat bitta xotin bilan kifoyalaning» deyiladi. Yana Ashu suraning 128-oyatida: «Har qancha
urinsangizlar ham xotinlaringiz o'rtasida adolat qilishga qodir bo’lolmaysizlar», deb Alloh taoloning o'zi guvohlik beradi. Demak, shariatda ko'p xotinlikka hech qanday shart-sharoitsiz to’g’ridan-to'g'ri ruxsat berilgan emas. Shartlarni esa bajarish qiyin. Shuning uchun biz ham barcha mo'min-musulmonlarga bitta vafodor ahli ayoli bilan baxtli hayot kechirib o'tishlarini tavsiya etamiz.uzrsiz, sababsiz havoyi havasga berilib boshqa ayolga g'ayri qonuniy uylanib, uydagisiga zulm o'tkazganlar, albatta gunohkor hisoblanadilar.