Nashafurush Yo’lovchilar
Samarqand aeroportida Moskvaga ketayotgan yo’lovchining yo’l xaltasidan to'rt kilogramm nasha topilib, musodara qilindi. Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlarining aniqlanishicha, nasha Moskvada chakanalab sotishga mo'ljallangan ekan. G’ayriqonuniy yuk olib ketayotgan shaxs qamoqqa olindi. Rossiya huquq muhofizlariga tegishli xabar jo’natildi.O’tgan yili O'zbekistondan narkotik moddalarni olib ketayotgan 325 yo’lovchi ushlandi. Bu oldingi yildagidan ancha ko'p. Bu hol bangfurushlik avj olib borayotganini, qoradori va nasha sotish bilan shug'ullanayotgan jinoyatchilar O'zbekistonning qulay jug’rofiy mavqeidan foydalanib, bang moddalarni respublikamiz hududi orqali olib o'tishga zo'r berib urinayotganini ko'rsatmoqda.Qo’lga tushgan “chopar”lar orasida Turkmaniston, Tojikiston, Kozogiston, Qirg'iziston va Rossiya fuqarolari ko'p. Nasha, qoradori va ko'knor kabi bang moddalar qatorida ilgari bu yerda tarqalmagan kuchli taʻsir qiladigan georin ham uchramoqdaki, bu bangfurushlar g’ayriqonuniy narkotik moddalar manbalari “jug’rofiya”sini kengaytirayotganidan dalolat beradi.