Sizni Sog'inganman
Ha, mana 19 yildan beri otamni izlayman. To’g’risi, u meni men uni hecham ko’rmaganmiz. Onamning taʻkidlashicha, men xali 2-5 yasharligimda undan xat kelib turgan... Esimda bir kuni bog’chadan kelganimda onam “Qizim Oksana, qaragin dadang bizni 8-mart xotin qizlar bayrami bilan tabriklab otkritka yuboribdi”, dedi. Men xursandligimdan o'yinga tushdim. Shundan keyin otamdan na xat na xabar keldi. Har safar men otam qayerda, - deb onamdan so'rasam u komandirovkada, juda olisda" deb javob berardi. Men otamni izlab Rossiya territoriyasida xat yozmagan gazetam qolmadi. Xurmatli "Oila va jamiyat“ ro'znomasi kollektivi va uning aziz o'quvchilari, balki men otam Miryan Aleksandr Fedorovichni sizlarning yordamingizda serkyosh diyoringiz - O'zbekstondan toparman! Agar biror yerdan daragi chiqib qolsa uning adresini menga yuboringlar. Men esa o’z adresimni sizlarga qoldiraman."Otajon agar bu ro'znomani o'qisangiz, qizingiz Oksanani esga oling! Onam va qo’shnilarning so'zlariga qaraganda men sizning suratingizga judayam o'xsharkanman. Hozir men 19 yoshga to'ldim. 11 martda 20 ga kiraman. Turmushga chiqqanman. Nevarangiz 2 yoshga qadam qo’ydi. Uning ismi Alyona. Otajon menga xat yozing! Men sizni juda sog’inganman, sevaman. Siz bilan uchrashishni orzu qilaman. Agar oilangiz bo'lsa, ular bilan tanishganimdan xursand bo'lardim.