Bolalarga Mexribon edi

By Erkin Eshonqulov, in 1995

BMT Xalqaro bolalar jamg'armasinig ijrochi direktori, mehribon inson Jeyms P. Grant 1995 yil 28 yanvar kuni 72 yoshida rak kasalligidan olamdan o'tdi. Janob Grant BMT Xalqaro bolalar jamg'armasining ijrochi direktorligi lavozimiga 1980 yil birinchi yanvarida tayinlangan bo’lib, BMT bosh kotibining o'rinbosari sifatida ish boshlagan edi. U sog'ligi yomonligi sababli shu yili 23 fevraldan ist teʻfoga chiqishni so'ragandi.
1993 yilga kelib Grantga o'sma kasalligi tashxisi qo'yiladi,lekin shunga qaramasdan u bor kuch- g'ayratini ezgu ishlarni amalga oshirishga qaratdi. Oxirgi paytlarda 40ga yaqin mamlakat rahbarlari bilan bolalar manfaati bilan bog'liq eng muhim ishlarni muhokama etdi.
Xalqaro bolalar jamg'armasining direktorligi lavozimidagi 15 yillik faoliyati davomida janob Grant jahon bolalarining tolmas himoyachisi bo'lib, ular xayotini yaxshilash yo'lida tinimsiz mehnat qildi. Uning raxbarligi ostida Xalqaro bolalar jamg'armasi kambag'allikdan, atrof-muhitning ifloslanishidan va qonli urushlar asoratidan millionlab bolalar o'lim qurboni bo'layotganligi masalasini ko’tarib chiqdi. Xalqaro bolalar jamg'armasining 80-yillarda jahon bolalarining hayotini yaxshilash va ularning kelajagi xususidagi inqilobiy tashabbusi bugungi kunda 25 millionga yaqin bolalar xayotini saqlab qolishga va mayib-majruh bolalarning nogironlik huquqini olishga yordam berdi. U bolalar farovonligini taʻminlashning eng oddiy usullari tashabbuskori bo'ldi. Oziq-ovqatning etishmasligi va har xil kasalliklar sababli jabrlanayotgan millionlab bolalar va onalarga o'zining saxovatli yordam qo'lini cho'zdi.
Janob Grantning taʻziyasida BMT bosh kotibi Butros Goliy u to'g'risida shunday deydi: "Jeyms Grantdagidek butun jahonga yaxshilik ato qilish imkoniyati juda kamdan-kam kishilargagina nasib etgan va bu imkoniyatdan ularning hech qaysisi u qadar foydalana olganlari yo'q. Biz uni eng buyuk xalqaro va jamoatchi siyosat arboblaridan biri sifatida yodga olamiz".1990 yili birinchi marotaba jahon mamlakatlarining mashhur siyosat arboblari uchrashuvi tashkil etilib, bolalar haqida fikrmulohazalar o'rganib chiqildi.
Uchrashuvda eng muhim ijtimoiy masalalar, ayniqsa so'nggi nuqtaga borib qolgan masalalar xususida to'xtalib o'tildi. Unda 27 ta bajarili- shi kerak bo'lgan ishlar maqsad qilindi va bular yuz mamlakatning milliy rejalariga kiritilishiga muvaffaq bo'lindi. Bu maqsad va topshiriqlar izidan quvgan, oily uchrashuvlarda shu masalani ko'ndalang qo'ya olgan janob Grant keyingi besh yil ichida bolalar taqdiriga munosabat yaxshilanganligini butun jahonga namoyish etdi. Har doim o'zi bilan birgalikda namuna sifatida bolalar o'limi va sabablari haqidagi maʻlumotni olib yurardi.
Janob Grant faoliyatida chuqur iz qoldirgan ishlardan biri BMT tomonidan 1989 yili bolalar huquqi bo'yicha Magna Carta konvensiyasiningqabul qilinganligidir. Konvensiya birinchi bo'lib bolalarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquqlarini qayd etdi. Bugun esa bu inson huquqlari haqidagi eng keng ratifikasiya qilingan shartnoma bo’lib qolmoqda. 1980 yili direktorlik lavozimini bajarishga kirishgan janob Grant har yili jahon bolalari ahvoli, ularning sharoiti, kelajagi xususida maʻlumot bera oladigan xisobot chop etishni tashkil etdi. 1993 yili Grant tomonidan tashkil etilgan millatlar taraqqiyoti to'g'risidagi bu hisobot jahon hamjamiyatiga muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Hisobot davlatlar bolalarning sog'liqni saqlash, oziq-ovqat va taʻlimga nisbatan extiyojlarini qondirish bo'yicha qanday yutuqlarga erishayotganligi darajasini ko'rsatadi.
Janob Grant AQSh, Shrilanka, Braziliya, Meksika, Pokiston, Ek- vador, Peru, Italiya va Yaponiya
davlatlarining mukofotlari bilan taqdirlangan. Bu mukofotlarning barchasi janob Grant faoliyatining insoniyat taraqqiyoti va rivoji uchun astoydil xizmat qilganligidan dalolat berib turibdi.
Kimki, janob Jeyms P.Grant bilan ishlash baxtiga muyassar bo'lgan bo'lsa butun jahon bolalari taqdiri uchun fidokorona kurashgan kurashchini har doim eslab yuradi. Uning xotirasi dilimizda abadiy saqlanadi