Payshanbadan Payshanbagacha

By Bekjon Oybekovich …, in 1995

Respublika Xalq taʻlimi, Sog'liqni saqlash vazirliklari va hukumatga qarashli bo'lmagan "Sog'lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg'armasi, respublika o'quv- uslubiy markazi bilan hamkorlikda barkamol avlod tarbiyasi masalasiga bag'ishlab respublika seminar-kengashi o'tkazdi. Anjumanda o'quvchilar salomatligini muhofaza qilish va Xalq taʻlimi vazirligi tasarrufidagi o'quv muassasalarida "Sog'lom avlod uchun" istiqlol dasturining bajarilishi muhokama qilindi. So'zga chiqqanlar yosh avlodning sog'lom turmush tarzini shakllantirishda Davlat muassasalari va jamoat tashkilotlari hamkorligini rivojlantirish zarurligini ta’kidladilar.
***
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "1995-1996 yillarda qishloq xo'jaligi majmuining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'grisida" qarori eʻlon qilindi. Qarordan maqsad 1995-1996 yillarda agrosanoat majmuining moddiy-texnika bazasini traktorlar, paxta terish mashinalari, asbob-uskunalar bilan mustahkamlash va qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning barqaror ishlashini taʻminlashdir.
***
Vazirlar Mahkamasida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari I. Jo'rabekov raisligida yoqilg'i- energetika resurslarini tejash komissiyasining majlisi bo'ldi. Respublika vazirliklari va idoralari bo'linmalarida neft mahsulotlaridan foydalanishning ahvoli to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi.
***
Toshkent shahrining Eski shahar qismini qayta qurish va obod qilish ishlarining borishini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi respublika komissiyasining navbatdagi majlisi bo'ldi. Unda eski shahar hududida yashash sharoitini yaxshilash bo'yicha dastlabki tadbirlar amalga oshirilayotgani, xususan buzilishi kerak bo'lgan xonadonlardan aholini ko'chirish uchun yangi uy-joylarni bunyod etish ishlari boshlab yuborilgani taʻkidlandi.
***
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan "Ko’p yillik halol mehnati, ilm-fanni rivojlantirishdagi va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari hamda jamoat hayotida faol ishtirok etayotgani uchun" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi raisi akademik Bekjon Oybekovich Toshmuhammedovga "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi" faxriy unvoni berildi