Iymon, etiqod poklik dilimizda

By E. EShONKULOV, in 1995

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Respublika maktab o'quvchilarini o'z otalig'iga olganligi hammamizga ma’lum. Xo'sh, Yoshlar Ittifoqi yana qanday tashabbus bilan chiqayapti? Uning rejasi qanday? Savollarga javob olish uchun Yoshlar Ittifoqining Toshkent shahar qo'mitasi birinchi kotibi Ravshan Abduqodirovga murojaat qildik.
-Ravshan aka, ilgari pionerlar va oktyabryatlar degan tashkilotlar bo'lardi. Ularning taqdiri nima bo'ldi -Yoshlar Ititfoqi maktab o'quvchilarini o'z otalig’iga olgandan buyon ancha o'zgarishlar qildik. Mana Respublika pionerlar tashkiloti "Respublika bolalar va o'smirlar" tashkilotiga aylantirildi. Oktyabryatlar "Gʻunchalar", deb ataladigan bo'layapti.
-Bu tashkilotlarning avvalgilaridan farqi nimada?
- Oldingi pioner va oktyabryat tashkiloti bolalarni kommunistik mafkuraga o'rgatish maqsadida qabul qilingani barchaga maʻlum. Endi bizni bu tashkilotlarni nomi ham, maqsadi ham ilgarigidan tubdan farq qiladi. Biz bolalarga o'zimizning milliy mafkuramizni o'rgatmoqchimiz, toki ular o'z millatini, vatanini tanisin va ardoqlasin.
-Ilgari pionerlarcha "chest" va shiorlar bo'lardi...
- Biz ulardan butunlay voz ke- chib, milliy axloq-odobimizdan kelib chiqqan holda oldingi "Bo’l tayyor" shiori o'rniga "Vatan, Do'stlik, Ezgulik va adolat uchun" degan shiorni va "Har doim tayyor" shiori o'rniga "Iymon, eʻtiqod, poklik dilimizda, izzat-odob ila qo'limiz ko'ksimizda" degan shiorni taklif qilmoqdamiz. Boshqa takliflar ham markaziy qo'mitamizning "Bolalar va O'smirlar" tashkilotida o'rganilib chiqilmoqda.
-Otryadlar, drujinalarni nima qilmoqchisizlar!
-Ular o'rniga yuqorida aytib o'tgan "Gʻunchalar" hamda "Bolalar va o'smirlar" tashkilotining joylardagi bo'limlari tashkil qilinadi. Ularning "vojatiy"lari esa "sardor"lar deb nomlanadi.
-Bu Tashkilotlarga qabul qilish qanday tarzda o'tkaziladi?
-Qabul qilish hech qanday marosimlarsiz, qo'polroq qilib aytganda o'z-o'zidan amalga oshiriladi. 1-3 sinf o'quvchilari "Gʻunchalar" aʻzosi, 3-sinfdan keyin esa "Bolalar va o'smirlar" tashkiloti aʻzosi hisoblanadi. Chunki Vatanimizning har bir o'smir bolalari bu tashkilotga so'zsiz kirishlari muqarrar.
-Ularning ko'krak nishonlari ham bo'ladimi?
-Hozircha ko'krak nishonlari qanday bo'lishi haqida takliflar o'rganib chiqilmoqda.
-Biz ham o'z takliflarimizni kiritganmiz va eskizlarimizni ham taqdim etdik.
-O'quvchi bolalar bilan ishlash borasida qanday ishlarni amalga oshirmoqdasizlar!
Biz shahar xalq taʻlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda maktablarda odob-axloqni nazorat qilib, odobnoma darslarida mahallalarning keksalarini taklif etish tadbirlarini o'tkazayapmiz. Toshkent viloyatining eng so'lim go'shalaridan birida Respublika o'quvchilari "Artek" ini tashkil etish uchun bel bog'laganmiz.
O'quv yilining eng aʻlochi o'quvchisiga faqat bir yilda bir marotaba beriladigan "Nurli avlod", mukofotini taʻsis etmoqchimiz. Bu mukofot faqat shahar miqyosidagi mukofot sifatida tashkil qilinmoqda. Umuman olganda biz bolalar va o'smirlar bilan ishlash borasida poytaxtda tub burilish yasashimiz kerak. O’ylaymanki, bunga albatta erishamiz.
-Mukofot pulli bo'ladimi yoki faxriy yorliqlar va sovg'a- salomlardan iboratmi?
-Faxriy yorliq, sovg'a-salomlar bilan birga iloji boricha pulli mukofot berishga harakat qilayapmiz. Yoki bo'lmasa biror bir o'quvchilar dam olish uyiga yo'llanma to'g'rilab bermoqchimiz. Albatta bu o'quv yilining eng aʻlochisi bo'lgan o’quvchiga taqdim etiladi.