Shanbadan Shanbagacha
17 yanvar kuni Yaponiyada qattiq zilzila yuz berdi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiya imperatori Akixito va Bosh vaziri Tomiiti Murayamaga hamdardlik maktubi yo'lladi. O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi favйulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Akmal Saidov 18 yanvar kuni Fransiya Respublikasi Prezidenti Fransua Mitteranga ishonch yorligini topshirdi. O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasida bo'lib o'tgan savdoda bir AQSh dollarining qiymati 25 so'm darajasida qayd etildi.O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va O'zbekiston Davlat Matbuot qo'mitasi say harakati bilan ayni islohotlar chog'ida jurnalistlar mahoratini oshirish va jurnalistikaning zamonaviy usullarini o'rgatish maqsadida Toshkentda jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi ish boshladi. Respublika Nogironlar jamiyatining taklifiga binoan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) mutaxassisi Renni Jeyms xonim buyuk Britaniyadan O'zbekistonga keldi. U O'zbekistonda nogironlar uchun mehnat va salomatlikni tiklash markazi qurilishiga qanday tayyorgarlik ko'rilayotgani bilan tanishdi. Bunday markazni qurish uchun BMT mablag’ ajratadi.O'zbekiston Respublikasi Davlat o'rmon qo'mitasida respublika mashg'ulot-kengashi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Vazirlar mahkamasining 1994 yil 8 fevraldagi "Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o'suvchi yog’ochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga binoan bunday xom-ashyoga bo'lgan ehtiyojni yaqin yillar ichida o'zimizda yetishtirilishi xisobiga qondirishning asosiy yo'l-yo'riqlari belgilangandi. O'tgan fursatda amalga oshirilgan qaror ijrosi mashgulot-kengashda muhokama qilindi. Uni respublika Bosh vaziri Abdulhoshim Mutalov boshqardi.O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, respublika Moliya vaziri B.Hamidov Birlashgan Millatar Tashkilotining mamlakatimizda mehmon bo'lib turgan Rojer Makanik boshchiligidagi missiyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda O'zbekiston bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti o'rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan fikrlashib olindi.