El Dardiga malham bo’layotgan inson
Odamning yuziga qarab ko'nglini bilsa bo'ladi. Yana shunisi borki, chehra yaxshi yomon xabarning daragini ham aytib turadi. Operatsiya tugadi. Do'xtirning chehrasidan umid balqib turibdi. Demak, hammasi yaxshi o'tdi. Ish, asab, bilim, tajriba, butun jarrohlik ortda xonada qoldi. Shifokor o'zini o'rab olgan bemorning xeshlariga xozir bir so'z aytadi: "Hammasi joyida!". Minnatdor nigohlar uni kuzata boshlaydi. Mexnatdan bo'g'riqqan yuzlari, terdan kamchil sochlari, umuman shu turishining o'ziyoq katta hurmatga loyiq emasmi?! Quvondik Madartov ko'hna surxon diyorining erka farzandi. Qumqo'rg'on tumanidagi Sayqon degan dashtlikda tug'ilgan. Kengliklarni bag'riga joylab kamolga yetgan. Mana yetti yildirki, Termiz shahar markaziy shifoxonasining bosh vrachi va shahar sog'liqni saqlash bo'limining mudiri bo'lib ishlab kelmoqda. Quvondiq aka ikoniyati, g'ayrati va aqli to'nglab qolgan toifaning odamlaridan emas. Bir gal undan "Siz uchun eng qimmatli va aziz narsa nima?" deb so'rganimizda, u kishi "Vaqt, faqat vaqt" deya javob qilgan edi. Bundan o'n yil burun tibbiyot fanlari nomzodi bo'ldi. Ayni paytda esa, doktorlik ishini yoqlash arafasida turibdi. Shuningdek, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, qo'llanma va monografiyalar muallifi hamdir. U kishining ko'plab ixtirolari chet ellarda, hamda mamlakatimizda yangi kashfiyotlar ro'yxatiga kiritilgan. Darhaqiqat, Quvondiq akaning bo'sh vaqti juda kam. Besh nafar farzandi bor. Ayoli Rashida, oliy maʻlumotli. Sport joni-dili. Karatedan xabari bor. Boks bo’yicha O'zbekiston sport ustasi el dardida yonib yashayotgan inson.