FAXR BILAN OLIB YURILADIGAN HUJJAT

By H. Abdullayev, in 1995

Mustaqillikning barcha tamoyillarini birdan talab qiladigan shoshqaloq kishilar “Musulmonchilik asta-asta” degan gapda hikmat ko'pligini anglay boshlashdi. Zero, buni davlatimiz taraqqiysi misolida yaqqol ko'rish mumkin. Dastlab Respublikamiz bayrog’i, gerbi, keyinroq Konstitusiyasi va davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy pulimizning muomalaga kiritilishi ko'pchilikning ko’ksini ko’tardi. Chunki iqtisod pul bilan bog'liq. Pul davlat tomonidan himoyalangan ekan, unga nisbatan ishonch ishlab chiqarish surʻatining kutarilishiga sabab buladi. Hurriyatimizning yana bir belgisi bo’lmish - O'zbekiston Respublikasining pasporti ham fuqarolarga berila boshlandi. Har bir vatanparvar fuqaro endi uni faxr bilan olib yurishi tabiiy. O’zga yurtlarda davlatimiz buyurgan xizmatni bajarayotgan kishilar uchun ham u bundan buyon ardoqli hujjat bo’ladi. «O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlar, xorijiy shaxslarga, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga yashash guvohnomalari va fuqaroligi bo’lmagan shaxs guvox- nomalari berish hamda almashtirishni tashkil etish to’g’risida» O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 6- bobida bu haqda batafsil aytilgan. "O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik korpusga, ularning oila aʻzolariga hamda chet ellarda doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti berishni tashkil etsin“. Darhaqiqat xorijda davlatimizga xizmat qilayotgan yurtdoshlarning endi pasport bilan bog’lik ishlarida iftixor bilan ko’kragini kerib turishini tasavvur etish qiyin emas. Yuqorida tilga olingan "Musulmonchilik asta-asta" degan gapni pasport almashtirish jarayoni tadbirlari ishlab chiqilganiga nisbatan ham ishlatish mumkin. Pasportlarni almashtirish muddati 2000-yilgacha belgilangan. Har bir narsaning vaqti soati bo'ladi, deydi donolar. Ishimiz, xizmatimizdan kelib chiqib, shoshmasdan pasportimizni almashtirish imkoniga egamiz. "Farmonga binoan pasportlar avvalo 16 yoshga to'lgan yigit-qizlarga, mavjud pasportlarning harakat muddatlari tugagan, familiyasi, ismi-sharifini yoki millatini o'zgartirmoqchi bo'lgan, shuningdek, pasportini yo'qotgan va chet ellarga chimoqchi bo'lgan fuqarolarga beriladi" ("Xalq so'zi" "Endi o'z pasportimiz bo'ladi" 12 yanvar 1995 yil). Biroq ayrimlarning ko’ngliga tezroq pasport olish "ishtiyoqi" tushib "yo'qotganiga chiqara olmaydi. Buning uchun chora ko'riladi. Respublika Ichki ishlar vazirligi xorijga chiqish, kelish va pasportini fuqarolik boshqarmasi boshlig’i, milisiya podpolkovnigi G.S. Yo'lchiyevning taʻkidlashicha, "Biz pasportini yo'qotgan har bir fuqarodan uni yo'qotish sabablarini batafsil surishtiramiz. Kerakli joylarda zarur maʻlumotlarni olganimizdan so’ng bu masala bo'yicha alohida tekshirish ishlari o'tkazamiz. Mabodo fuqaro yuqorida aytganimizdek, yangisini olish niyatida eski pasportini “yo'qotgan" bo'lsa, unga nisbatan qonunda ko'rsatilgan tartibda jazo qo'llanadi. Yangi pasportni olgan fuqarolarimiz uni juda-juda asrab avaylashlari lozim. Ilgarilari, ayrim hollarda pasportni arzimagan ishni bitirish uchun garovga tashlab ketilardi. Bu pasportni esa unday qilib bo'lmaydi. U har bir fuqaroning yonida har doim yurishi kerak". Pasport 32 varoqdan iborat, unda quyidagi maʻlumotlar kiritiladi: "Pasportga fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, oyi va sanasi, tug'ilgan joyi, millati, jinsi, xos raqami yoziladi. Kompyuterda fuqaroning millati ota-onasining millatiga muvofiq ravishda yoziladi. Bundan tashqari, pasportda farzandlarning familiyasi, ismi, onasining ismi, tug’ilgan yili, oyi, kuni, harbiy majburiyati, nikohi yoki nikoh bekor qilingani, yashash joyi, vizalari haqida xam yoziladi. Shuningdek, fuqaroning roziligi bilan ularning pasportlariga qon guruhi va rezusi to'grisida ham belgi qo’yilishi mumkin". (B. Parpiev "Men buyuk mamlakat fuqarosiman", "Turkiston" gazetasi, 4 yanvar 1995 yil). Shuningdek, passport olish, topshirish bilan bog'liq juda muhim maʻlumotlarni bilib qo’ysak ayni muddao bo'lardi. "Fuqarolar pasport olish uchun joylardagi ichki ishlar idoralariga ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qo’yilgan shakl bo'yicha ariza yozadilar va ariza bilan birga eski pasportini, 35x45 mm hajmdagi 2 ta rangli yoki oq qora tasvirdagi fotosuratini, zarur bo'lgan hollarda esa, shaxsi va fuqaroligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarini, birinchi bor passport olayotgan fuqarolar esa tug’ilganlik to'g'risida guvohnomasini ham taqdim etadilar.O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan shaxs, pasportini ichki ishlar idorasiga topshirishi shart.Fuqarolar harbiy xizmatga chakirilganlarida ularning pasportlari mudofaa ishlari bo'yicha idoralarda olib qolinadi va xizmat muddati tugaganidan so'ng egalariga qaytarib beriladi. Fuqarolar vafot qilganlarida ularning pasportlari fuqarolik holatlarini - qayd qilish bo'limlariga topshiriladi. O’zbekiston Respublikasi - qonunlarida ko'zda tutilgandan tashqari - fuqarolarning pasportlarini olib qo'yish, shuningdek ularni — garovga olish va berish qatʻiyan man etiladi". ("Turkiston" 4 yanvar 1995 yil) Bu maʻlumotlar, albatta pasportni olguningizchadir. Qolganini hademay pasport olgach o'zingiz bilib olasiz.