Qo’shiq Umri
Qo’shiq-daryodir. U barcha baxtli kunlar farahlarini, ayni damda barcha baxtsizliklarning yurakdagi tugunlarini sharhlab beradi. Koʼngil suratini faqat qoʼshiqdagina koʼrish mumkin. Аlalxusus, tasavvurotingizda limmo-lim toʼlib oqayotgan ko’ngil qoʼshiq, sizni oʼzining sohir bag’riga tortadi. Inja bir sehr saydi- nigohingiz, baʼzan sohilda qolgan hamrohingiz kabi xonandani eʼtibordan bir zum qoldirsa-da, ajabmas. Chunki, koʼz oldingizda sokin viqor bilan qo’shiq oqmoqda. Sizni beg’ubor dunyolar tomon oqizib ketmoqda qoʼshiq — zero, u daryodir. O’ychan oqayotgan qoʼshiq umringizning barcha holatlarini esga solsada, bundan ruhingiz tozarib borayotganligini sezasiz, xolos. Qo’shiq goh jon olsa, goh jon baxsh etsa... xar na qilsa-da, joningiz faqat orom topgani nigoxingizdan seziladi. Illo, Shayx Saʼdiy hazratlari lutf qilmishlarki: «Xushovoz xonandaning kushigi jonga rohat» deb...
Darvoqe, xonanda. «Sohilda qolgan xamroxingiz» desak ajablanmang. Qo’shiq dunyosining chin fuqarolari boʼlmish bu zotlar oʼzini unutib, o’zini unuttirib.... kuylaganlarida, sovme qoʼshiq bilan uzoqlarga ketgan bo’ladi. Bu safargi hamrohingiz ham... Ha, siymosi tanish. Ilhom JURАEV.. Tinglovchilarini oʼz qoʼshiqlarining tubiga gʼarq qilgan xonanda. Koʼngilda nooʼrinday koʼringan savol Kechagi Ilhomga ilhom bergan oʼz qoʼshiqlari emasmi?
Xonanda hayotiga nazar tashlasak, bir narsa xotirga tushadi. Emishki, tangri taolo har bir odamni yaratayotganda uni ikkiga, ikki jinsga boʼlib qoʼyar ekan. Аgar, hayotda bu ikki vujud topishar ekan, bu chinakam muxabbatdir. Shu boismi, oila soʼzi ilaho soʼziga bogʼliqday tuyuladi. Xonanda xam rafiqasi Sanobar Rahmonova bilan dili bir, tili bir inson. Ular jo’rovozlikda aytgan qoʼshiqlar, birgalikda tayyorlagan konsert dasturlarining elga manzur boʼlishi shundandir. Ular oilada ham yakdildirlar. Uch nafar farzandi (Dilovar, Islomjon, Ixlosbek) ular uchun dunyoning eng goʼzal shodligi. Аytmoqchimizki, toʼlib oqayotgan qoʼshiq ham, jilmayib turgan farzand ham xofiz uchun birdek azizdir.