O'bekistonda Qancha oila bor?

By Mamatkodir NАZАROV, …, in 1994

Oila muqaddas dargoh. Unda jamiyatda yuz beradigan barcha oʼzgarishlar oʼz aksini topadi. Shu maʼnoda, 1994 yilning umum miqyosda oila yili deb belgilanishida ham chuqur maʼno bor. Mamlakatimizda oilalar soni qanchaligi, avval qancha boʼlganligi, yosh oilalar qanday salmoqqa ega ekanligi, oilaning ichki manzarasi, yaʼni aʼzolari soni, bolalar soni va ularning davrlar mobaynida oʼzgarib borish jarayonlari doimo chuqur oʼrganishlarni taqozo etadi.
-Oilaga turlicha nuqtai nazardan yondashish mumkin. Binobarin, iqtisodchilar oilani iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etuvchi bir kategoriya sifatida qarashsa, demograflar nuqtai nazarida oila -oʼzida demografik jarayonlarni uygʼunlashtirib, harakatga keltiruvchi oʼzak vazifasini bajaradi. Oddiy inson koʼzi bilan qaralganda esa, oila uning hayotiy oziqlanadigan, yashaydigan va dam oladigan makonidir. Jamiyat, davlatchilik nuqtai nazaridan qaralganda esa, oila davlatning asosi, tayanchi, sotsial va iqtisodiy siyosatini oʼziga singdiruvchi bosh boʼgʼini sifatida namoyon boʼladi.
Mamlakatimizda oilalarning soni, ularning ichki tuzilishi yillar davomida turlicha oʼzgarib turadi. Bu boradagi ishonchli maʼlumotlarni aholi roʼyxatidan olish mumkin. Jumladan, 1989 yilda aholi roʼyxati maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekistonda 3415375 ta oila mavjud boʼlib, ularning 1569894 tasi shahar 1845481 tasi qishloq axolisiga toʼgʼri kelgan. Keyingi 30 yil ichida jami oilalar soni 1730502 taga koʼpaydi. Shuning 967761 tasi shahar va 762741 tasi Qishloq oilalaridan iborat. Bunda koʼrinadiki, shahar aholisiga mansub oilalar qishloq oilalariga qaraganda birmuncha tezroq koʼpaygan. 19 Oʼzbekistonda oilalarning 35% dan ortiqrogʼini yosh oilalar tashkil etadi. Yosh oilalarning salmogʼi shahar aholisi tarkibida 30% dan, qishloq aholisi tarkibida esa 38% dan ortiqroqdir. Yosh oilalar deganda, er va xotinning yoshi mos ravishda 30 va 26 dan oshmagan, 5 yilgacha nikohda boʼlgan, bolalik yoki bolasiz oilalar tushuniladi. Shu oʼrinda yosh oilalar soni oshib borayotganligini taʼkidlab oʼtish joiz, Jumladan, 1980 yilda Respublikada 173,6 ming nikox qayd etilgan boʼlsa, 1992 yili bu koʼrsatkich 235,9 mingni tashkil etgan. Ularning asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Bundan koʼrinadiki, keyingi 10 yillar mobaynida har yili oʼrtacha 5 ming atrofida yosh oilalar vujudga kelib turgan. Yosh oilalarning soni viloyatlar boʼylab turlicha koʼpayib bordi. Oilalarning soni muttasil oʼsib borishida ayniqsa, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Namangan viloyatlari alohida oʼrin tutadi. Oʼzbekistonning tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi bilan aholining takror tiklanib turish jarayonlari, jumladan tug’ilish va oʼlimning tadrijiy oʼzgarishlari, aholining xulq-atvori xususiyatlari, oila-nikoh munosabatlari va milliy anʼanalar oilalarning ichki tuzilishiga taʼsir koʼrsatadi. 1989 yilda, aholi roʼyxati maʼlumotlariga koʼra mamlakatda, aʼzolar soni 4 kishidan iborat boʼlgan oilalar koʼpchi likni (16,7%) tashkil etgan. Bu jarayon shahar aholisida ham kuzatilib, 21,2% ga teng boʼlgan. Аmmo, qishloq oilalari tarkibida a’zolari 6 kishidan iborat boʼlgan oilalar soni koʼp va ularning salmogʼi 15,7% dan iboratdir. Respublikada oilalarning oʼrtacha kattaligi 1959 yili 4,6 kishidan 1989 yilga kelib, 5,5 kishiga ortgan. Bugungi kunda oilalar, ayniqsa yosh oilalar oldida bir qator vazifalar koʼndalang turibdi. Ular jamiyat taraqqiyotida ishtirok etibgina qolmay, faqat oʼzigagina xos boʼlgan vazifalarni ham bajaradi. Binobarin, oilaning eng asosiy vazifasi avlod yaratishdir. Buni aholi oʼrtasida olib borilgan sotsial-demografik tadqiqot natijalari ham tasdiqlaydi. Аholining koʼpchilik qismi oila qurishning asosiy vazifa- laridan biri farzand koʼrishlik ekanligini bildirgan. Hozirgi vaqtda, mamlakatimizda tugʼilayotgan bolalarning yetmish foizga yaqini yosh oilalarda dunyoga keladi. Shuningdek, farzandlarni tarbiyalash, ularni yaxshi ovqatlantirish, salomatligiga eʼtibor berishda ham yosh oilalar muhim oʼrin tutadi. Bular esa, oʼz navbatida yosh oilalar oldida turgan sotsial masalalar bilan uzviy bogʼliq. Yoshlarning uy-joy sharoitlari, mehnat qilishi, bilim olishi, dam olishi, ayniqsa sogʼligʼini saqlashi bilan bogʼliq boʼlgan sharoitlar yechilishi zarur masalalardir. Maʼlumki, yosh oilalarning vujudga kelishida uy-joy sharoitining ahamiyati katta. Bizda uy-joy sharoitini yaxshilashga navbatda turganlarning aksariyati esa, yosh oilalardan iborat. Hozirgi kunda ishsiz aholining asosiy qismini ham yoshlar tashkil qiladi. Tugʼilishning asosiy qismi yosh oilalarga toʼgʼri kelishini, birinchi va ikkinchi navbatda tutilayotgan bolalarning ham asosan yosh oilalarda toʼplanganini yuqorida aytib oʼtdik. Bu esa, oʼz navbatida oila aʼzolarining salomatligi, ayniqsa ona va bola sa lomatligini muhofaza qilish masalalariga katta eʼtibor berishni talab etadi. Hozirgi ekologik sharoit keskin boʼlib turgan bir davrda bu masala dolzarbligini yoʼqotgan emas.