Tantana
Avval xabar qilganimizdek, 1 iyun - Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni jumhuriyatimiz bo'ylab katta tantana bilan o'tdi. Xususan, Toshkent shahrida jumhuriyat bolalar jamg'armasi tashabbuskorligida tilga olsa arzigulik tadbirlar uyushtirildi. Shu kuni, poytaxtimizning «Mehrjon» bolalar parkida mamlakatimizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida bayram sayli bo'lib o'tdi. Turli xil uchrashuvlar, konsertlar yig'ilganlarga manaviy zavq bag'ishladi. Sayldan so'ng, bayram ishtirokchilari jumhuriyat qo'g'irchoq teatriga bordilar. Teatr jamoasi mehmonlarimiz bo'lmish bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, qarovchisini yo'qotgan bolalar va ularni o'z tarbiyasiga olgan oilalarni turli xil qo'g'irchoqlar libosida kutib olishdi. Teatr xovlisidayoq, uchrashuvga tantanali ruh hokim bo'ldi. Bolalar «qo'g'irchoq» lar bilan o'yinga tushdilar. Jumhuriyat bolalar jamg'armasi qoshidagi «Nafis» firmasi bolalar uchun yangi modalarni namoyish qildi. Qaldirg'och» teatr guruhining tomoshalari barchaga manzur bo'ldi. Shundan so'ng, bolalar jumhuriyat qo'g'irchoq teatrining tarixi bilan tanishdilar. Yangi spektakl premerasini ko'rdilar. Bayram so'nggida qarovchisiz qolgan bolalarni qaramog'iga olib tarbiya qilayot gan oila boshliqlariga tur- li tashkilotlar tomonidan sovg’alar topshirildi. Yetim bolalarga bosh oyoq sarpo berildi. Shu kuni ro'shnolik ko'rgan barcha oilalar nomidan Navoiy shahridan kelgan Munavvar Pardaeva so'zga chiqdi. (Bu oila hozirda 20 nafar bolani tarbiyalamoq- da). U o'z so'zida ushbu bayramda ximmat ko'rsatgan jumhuriyat. Bolalar jamg'armasi korxonalari assosiasiyasi va XDP Toshkent shahar bo'limiga chuqur minnatdorchiligini izhor etdi.