Yuzlaridan Tabassum arimadi

By Gulnora Yo'ldosheva, in 1994

Hayajon bilan kutilgan daqiqalar shuuri ko'nglimizni hali-hali tark etgani yo'q. Bahorning bebaxo - olqishlariyu, "Navro'z" bayrami qutlug' qadamlari har birimizning quvonchimizga quvonch qo'shmoqda. Kuni kecha Oxunboboev nomidagi yosh tomoshabinlar teatrida onalar va bolalarga atalgan katta Navro'z bayrami o'tkazildi. O'zbekiston jumhuriyati "Mahalla"jamg'armasi hamda Bolalar jamg'armasi Toshkent shahar bo'limi hamkorligida teatr ijodkorlari karnay-surnay sadolari postida mehmonlarni kutib olishdi. Mehmonlar-mahallalardan kelgan ko'p bolalik ayollar, 21- bolalar uyining tarbiyalanuvchilari va boshqa hududlardan kelgan kichkintoylar bo'ldi. Unda teatr jamoalari o'zining bayramga tayyorlagan quvnoq dasturini mohirona namoyish qildi. Bolalarga - shirinliklar va har xil ichimliklar ulashildi. Anjumanda O'zbekiston "Mahalla" jamg'armasining rais muovini Neʻmatulla Abdullaev mehmonlarni "Mahalla" va Bolalar jamg'armasi nomidan tabriklab, onalar hamda bolalarga sovg'alar tarqatdi. "Sog'lom avlod uchun” jamg'armasining raisasi Gulnora Yo'ldosheva ham o'z sovgalari bilan dastur qatnashchilarini xushnud etdi. Mehmon bo'lgan ota-onalar bolalari bilan birgalikda bayram so'nggida qiziqarli spektakl tomosha qilishdi.