"GʻAFUR" HAM, "GʻOFUR" HAM EMAS
"Gʻafur", degan ism bor. Baʻzida uni "Gʻofur" tarzida talaffuz qiladilar, shunday yozadilar ham. Hatto mashhur shoirimiz nomiga qo'yilgan metro bekatiga katta-katta harflar bilan "G’ofur Gʻulom" deb yozib qo'yilgan. Bu mashhur ismni bitishdan avval shoirning kitoblari muqovalariga birrov qarab olish shunchalar qiyin bo'lgan ekanmi? deb o'ylaysan kishi.Hamza Hakimzoda Niyoziyning Komil Yashin qayta ishlagan "Boy ila xizmatchi" dramasida Gʻofir bosh qahramon. Xo'sh, nega endi bu "G’ofur" emas, “Gʻofir“? Hamza yo Komil Yashin xato qilishdimikan?Arabchada kechiruvchi, avf etuvchi maʻnolarni beradigan bu so'z “Gʻafur" ham, “Gʻofir“ ham yozilishi mumkin."Gʻaffor" degan ism ham "Gʻafur" "G’ofir"ga maʻnodosh. Farqi shundaki, "Gʻaffor" o'ta kechiruvchi, o'ta avf etuvchi degan maʻnoni beradi.
- Bu ismlar imlosi va talaffuzi bilan, umuman, ularni bolalarimizga berishimiz bilan bog’lik bundanda muhim muammo bor. "Gʻafur" yoki "Gʻofir“ ham, “Gʻaffor“ ham - diniy ismlarimizdan. Bu so'zlar Allohning sifatlaridan birini anglatadi. Lekin Allohning sifati bolaga ism qilib beriladigan bo’lsa, bu so'z oldidan "Abdu" yoki "Abdul" qo'yilishi kerak.