Bag’rikenglik
Toshkentda muqim qolib, 3-4 ta kitobini nashr qildirgan, 2 ta kinofilmi ekranga chiqqan Qashqadaryolik hamkasbimiznikiga yurtdoshlari 7-8 o'qituvchi mehmonga keladigan bo'lishdi. "Dom"ning uch xonasida 4 bolasi bilan istiqomat qilayotgan bu mezbonning uyiga kechqurun ko'p emas, oz emas, naq... 72 kishi kirib kelishdi. Qashqadaryolik o'qituvchilar bahorgi taʻtil baxona poytaxtimizni tomosha qildirish uchun o'z o'quvchilarini ham olib kelishgan ekan. Mezbon kutilmagan bunday tashrifdan biroz shoshib qoldi, ammo o'zini tezda qo'lga olib, zudlik bilan mehmonjonlarga joy hozirladi. Yurtdoshlarini rosa ikki kun mehmon qildi. Aytishlaricha bunday mehmonnavozlikni tushida ham ko'rmagan shaharlik qo'shnilar antiqa tashrif haqida Ginnesning rekordlar kitobiga yozish uchun harakat qilib yurishgan emish.