Birinchi Aprel

By Usta BAFO …, in 1994

Qayerdagi lo’li xotinning aldashi kichik ilmiy xodim Hilolovga juda ham alam qilib ketdi.
- "Davringni sur“ mehmonxonasining yonginasidan o'tib ketayotgan Hilolovni bir luli xotin to'sdi.
Baxtingdan ochaymi, taxtingdan, dedi u Hilolovning kaftiga boqib,hey, bacha, arqangdan bir qizcha yuribdi, san unga qiyo boqma! U sani tuzog'iga ilintirmoqchi. Qani mani qo'limga yuz so'm qo'y, keyin uni kimligini aytaman. Xilolov uning kaftiga bitta yuztalik qo’ydi.San katta amaldor ekansan, to’grimi? dedi lo’li xotin qo'lidagi oynachaga qarab. Xudo xoxlasa, yaqin orada yana ko'tarilasan! Yana yuz sum bersang, qachonligini aytaman. Hilolov yana uning qo'liga bitta yuztalik qo'ydi. San, bachani moshina olib yurarkan, to'g'rimi? Dedi lo’li xotin Hilolovning ko'ziga tik boqib. Sani orqangdan yurgan qizchaga aslida ana shu shopiring xushtor, Shopiring hamma narsadan xabardor. Agar ikki yuz so'm bersang, o'sha shopiring biladigan sirni senga aytaman.Xilolov bir dasta pulning orasidan bitta ikkiyuztalikni oyog’idan tikanni sug’irib olgandek sug’irib oldi va lo'li xotinning kaftiga qo'ydi. Shopiring sendan gap olib, boshqalarga seni gapingni sotadi! dedi lo’li xotin atrofga olazarak bokib, Agar besh yuz bersang, kimga sotishini aytib beraman.Hilolov qahqaha otib kuldi.Men uylanganman, uchta bolam bor, dedi Hilolov kulgidan to'xtab Men bir kichkina ilmiy xodimman, meni hech qanaqa Moshina olib yurmaydi, orqamdan ham qizlar yurmay qo'ygan, hamma gaplaringiz yolg'on ! ..
Luli xotin ham kuldi.Axir, bugun birnichi aprel-ku! Meni gaplarimga ishonib utiribsanmi?
Xilolov jiddiy tortib, jaxli chiqdi. Baribir meni aldayolmaysiz, dedi Hilolov ters burilib, Bugun birinchi aprel bo'lsa, men siz bilan ertaga, ikkinchi aprelda gaplashaman