Nosvoy Chekkan kishini

By Toshkenboy BOBOMURODOV, …, in 1994

Sigaret qimmatlashganligi sabablimi, ishqilib 5-10 yil ichida nos chekuvchilar soni bir necha barobar ko'payganligi hammaga maʻlum. Achinarlisi bu odatni balog'atga yetmagan bolalar ham o'zlashtirmoqdalar. Shunga aytsa kerakda, qovun qovundan rang oladi deb. Bolalar kattalardan balki taqlid, balki havas tufayli nos chekishni o'rganishmoqda. Spirtli ichimliklar, sigaret zararli bo'lgani kabi, nos chekish ham koni ziyon, buni ko'pchilik biladi. Lekin, nos tarkibiga kul, ohak, tamaki qo'shilishini hamma bilmasa kerak. Ohak shilimshiq qavatni zararlaydi va har xil patologik siljishlarga olib keladi. Nos chekuvchilarning og'iz bo'shliqlarida har xil yaralar, geosit (tilning yallig'lanishi), buksit (lunjning yallig'lanishi) va tish kariesi nos chekmaydiganlarga nisbatan 3-4 baravar ko'p bo'lib, 60-65 foizgacha og'iz bo'shlig'i aʻzolari raki uchrarkan. Nos faqatgina og'iz bo'shliqlari aʻzolarini zararlantirib qolmasdan, Ichki organlarga ham taʻsir qiladi. Nos oshqozonda ham rak rivojlanishiga olib keladi. Qolaversa, qonga so'rilib, jigarga boradi. Jigarda ham rak rivojlana boshlaydi. Nos so'lak bezlariga hamda so'lak orqali meʻda va ichaklarga taʻsir etib, hazm faoliyatini ham buzadi. Bundan ko'rinadiki, rakni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri nosdir.Bir Gʻassoldan eshitgandim: nos chekuvchi odam qazo qilgach, burnining tepa qismi kesib yuvilmasa, ichki bo'shliqda to'plangan nos qolib ketarkan. Bu esa marhumning - jasadini sasishiga sabab bo'ladi. Ko'pincha marhumlar bunga amal qilinmasdan yuvilib dafn etiladi. Qolaversa, xalqimiz ham bekorga aytmagan: «Nosvoy chekkan kishini, urib sindir tishini, Sigaret chekkan kishini, Xudo ko'rsin ishini...»Shunday ekan, avvalo nos chekishga o'rganmaylik, o'rgangach esa... Yana, hakimlarning gapi bu: «Kasallikni davolagandan ko'ra oldini olgan afzal.