Odamlar Bekorchilikdan kelishmaydi
MIRZO ULUGʻBЕK TUMAN IJTIMOIY-TAʻMINOT BO'LIMI MUDIRINING O'RINBOSARI, HUQUQSHUNOS HASAN MASHARIPOV.
-Hasan aka Ulug'bek tumani shahrimizda eng ko'p nafaqaxo'r istiqomat qiladigan tumanlardan biri hisoblanadi. Ularning ahvoli haqida qisqacha gapirib bersangiz?
Tumanimizda 50 ming nafaqaxo'r bor. Bu shaharda gi eng ko'p nafaqaxo'r istiqomat qiladigan tuman. Ular Ulug' Vatan urushi qatnashchilari, baynalmilal jangchilar, turli toifadagi nogironlar, Chernobl halokati qatnashchilari. Shuningdek, ko'p bolali ayollardir.
-Bugun qabulingizda 62 kishi bo'lganini aytdingiz.Ular nimalar xususida kelishibdi?!Murojaat qilayotganlarning ko'pchiligi Respublikamiz Prezidentining 3 ta farmoni bo'yicha kelishadi. Birinchisi 1992 yil 25 avgust, ikkinchisi 1992 yil 8 oktyabr va uchinchisi 1992 yil 31 dekabr farmonlaridir.Asosan birinchi farmon bo’yicha ko'proq kelishadi. Negaki bu farmon «tenglash- tirishga» barham berdi. Hamma ishlagan ham, ishlamagan ham bir xil nafaqa olardi. Endi esa adolat qaror topib, mehnatiga yarasha xaq berilyapti. Bu yaxshi siyosat, albatta.Bo'limlaringizdagi axvol qanday?Garchi qiyin sharoitlarda ishlayotgan bo'lsakda, harakat qilayapmiz, biror bir ariza eʻtiborsiz qolmasligi uchun 16 kishi 50 Ming nafaqaxo'rga xizmat ko'rsatamiz. Har birimizga 3125 kishidan to'g'ri keladi. Aslida bitta nazoratchi 2500 kishiga xizmat ko'rsatishi kerak. Bu sohada huquqshunoslar ko'proq ishlashi lozim. Lekin maosh kamligidan ular o'zlarini boshqa sohalarga urib ketishyapti,Qaramog'laringizdagi kichik korxonalar soni nechta! Ikkita kichik korxona bizning doiramizda faoliyat ko'rsatadi. «Era» kichik korxonamiz va «Saxovat» do'konimiz bor. Ular ham asosan nafaqaxo'rlarga xizmat ko'rsatishadi.Sizlardan minnatdor bo’lib ketayotgan kishilarni uchratdim, suhbatlashdim:Nima demoqchi ekanli gingizni, tushundim. Albatta bu tabiiy hol. Chunki bizning maqsad shu. Kimningdir og'irini yengil qilish, mushkulini osonlashtirish. Odamlarning bir og'iz samimiy tashakkuri biz uchun qanchalik qadrli ekanini bilsangiz edi.
-Hamkasblaringizga aytmoqchi bo’lgan gaplaringiz?
Keng feʻl va kechirimli bo'lingiz. Har qanday vaziyatda ham odamlarni tushuna biling. Ular bekorchilikdan siz va bizning huzurimizga kelmaydilar