Minnatdorlik

By Farzandlari davolanayotgan …, in 1993

Bundan toʻrt yil muqaddam boshimga katta kulfat tushdi. Avvaliga qizim ogʻir kasallikdan soʻng shol boʻlib qoldi. Koʻp yugurdik, lekin davo topmadi. Soʻng uning dardini koʻtarolmay ayolim ham hayotdan koʻz yumdi.
Ayolimning maʼrakalari ham oʻtdi. Men qizimni oyoqqa turgʻazish uchun qoʻlimdan kelgan hamma ishni qildim. Afsus, barcha yelib-yugurganlarim bekor ketdi. Qizim tuzalmas dardga yoʻliqqan ekan. Muta- xassislarning maslahati bilan uni Qibraydagi Toshkent viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga qarashli 1-maxsus bolalar uyiga topshirdim. Uch yildirki qizimga hafta oralab borib turaman. Shifoxonada kasbiga mehr qoʻygan qalbi daryo insonlar ishlashar ekan. Palatalar va hovli har doim ozoda. Shifoxonaning barcha xodimlari shirin soʻz, har doim koʻnglingizga qarab turishadi. Bemor bolalarni oʻz farzandlaridek yuvib-tarashadi. Qizim shunday mexribon insonlar qarovida ekanligidan minnatdorman. Shifoxonaning bosh vrachi Elmira opa Oʻtarova boshliq barcha xodimlarini Navroʻz va Hayit bayrami bilan tabriklayman. Ularga yaratgan egamdan sihat-salomatlik, oilalariga totuvlik, baxt tilayman.