Tulkichaning Hikoyasi

By A. OBIDJON, in 1993

Biz Tulkilar haqida gap ketgudek boʻlsa, odamlar ismimizning oldiga albatta «ayyor» soʻzini qoʻshib aytishadi. Bu insofdan emas, menimcha. Ke, boshingni aylantirib oʻtirmay, yakinda yuz bergan bir voqeani senga ertak qilay. Shunga qarab, kimligimizni oʻzing tushunib olarsan. Bundan oʻn kuncha oldin ayam ikkalamiz tovuqxonada qoʻlga tushdik. Endi bizni oʻldirishadi, deb oʻylab, juda- juda qo’rqib ketdim. Ayam bechora ham dag’da qaltiray boshladi. Goʻyo «bolamda ayb yoʻq, nima qilsalaring meni qilinglar». deyayotgandek meni oldingi oyoqlari orasiga qisib, boshimni jagʻi bilan toʻsib oldi. Korovul chol allaqanday : mataxhi yoyganini koʻrdimu.. uning niyati nimaligini anglab yetgunimcha birdan koʻz oldimni zulmat qopladi. Odamlar bizni sholchagi - oʻrab olishdi», deya chinqirdi ayam, so’ng jon-jahdi bilan potirlay ketdi. Men ham boʻsh kelmadim. Ammo odamlar allaqachonoq ustimizga minib olishgandi. Kuchli panja sholcha aralash boʻynimdan qisdi. Nafasim boʻgʻilib, xirillay boshladim.... Keyin nima boʻlganini bilmayman.
Bir mahal koʻzimni ochsamm, ayam ikkalamiz ariqcha yoqasidagi tolga bogʻlanib turibmiz. Boʻynimizda itlarnikiga oʻxshagan pishiq zanjir. Qizik, bizni nima qilishmoqchi oʻzi?
Picha fursat oʻtgach, qorovul chol cheti siniq kosada ichiganroq boʻtqa olib kelib, oldimizga qoʻyib ketdi. Chol uzoqlashishi bilanoq taomni shoshilinch ravishda iskay boshlagan edimki, ayam tumshugʻimga bitta tushirib koldi.
Yema! Nafsingni tiy ahmok!-dedi.
-Nega yemas ekanman? deya zarda bilan soʻradim men.
– Qornim allaqachon hushtak chalyapti.
Bizga hozir tekin ovqat kerakmas, - deb tushuntirdi ayam.
- Ozodlik kerak bizga!
Keyin boshimni silab turib, oʻylab qoʻygan rejasini gapirib berdi, nima qilishimiz lozimligini yotigʻi
bilan uqtirdi. Shunda men yalanib, yana mingʻirladim:
Xech boʻlmasa, suv ichsam maylimi? Tilim tanglayimga yopishib qolyapti.
-Suvni ichsak boʻladi,chunki kamaygani bilinmaydi, -dedi ayam va ariqcha tomonga yutoqib qarab qoʻydi. - Faqat kechqurun, hamma uxlaganda ichamiz. Sabr qil, eslikkinam.
Nihoyat men orziqib kutgan vaqt keldi, tunda -maza qilib suv ichdim. Buning Ustiga, payt poylab turib, ariqchada qurillab yurgan baqalardan uch-toʻrt- tasini tutib yedik.
Kunlar shunday oʻtaverdi, kunduzlari tuz totmasdan sulayib yotamiz, kechkurun oz-moz tirikchilik qilib olamiz. Hech narsa tamaddi qilmayotganimiz, hatto suv ham ichmayotganimizdan odamlar xayron.
Bularni sholchaga oʻrab bosgan paytingizda qovurg’alarini sindirganga oʻxshaysiz, - dedi tovuq boqar kampir qorovul cholga qarab.
- Toʻrt kundan beri non-suvga qaramay yotishibdiya. Ishqilib, tirikmi oʻzlari?
O’lishmaydi, - deb tung’illadi chol.
- Bolasiniyam katta qilvolsam, ulardan ikkita telpak chiqadi.
Beshinchi kuni ayam menga tayinladi;
Iloji boricha nafas olayotganingni sezdirmay yot bugun. Tepishsayam gʻing dema chida!
Shu tariqa miq etmay yotaverdik. Bir mahal qadam tovushi eshitildi. Koʻzimni qiya ochib qarasam, Kampir yana ovqat olib kelyapti. U tepamizda toʻxtalib, bizga diqqat bilan tikilib turdi, keyin egilib, meni bir-ikki siltab koʻrdi.
Uf! — ovqatni ketga qo’yib, chuqur homuza tortdi u. - Bu sho’rliklarning uvoliga qoldik.
Shunday deya boʻynimizda gi zanjirni yechib tashlab indamay nari ketdi.
Endi qochamizmi?
toqatsizlana boshladim men.
- Vaqtida qochib qolmasak, - qaytib kelib boshqatdan zanjirga solishmasin.
Jim! -koʻzini xiyol ochib shivirladi ayam.
- Chol darvoza tarafda yuribdi.
- Yana ozgina sabr qil, eslikkinam.
-Chol ochiq turgan darvoza
oldida ancha ivirsib yurdi. Keyin uychasi yoniga borib, u yerda obdastani oldida, hovuz tarafga karab keta boshladi.
-Endi kochsak buladi.
Tur! - nihoyat qatʼiy ohangda buyurdi ayam.
Men oʻrnimdan qoʻzgʻalayotib, siniq kosadagi
ovqatdan boplab bir yalab oldim.Ayam esa atrofimizda bemalol sayr qilib yurgan tovuqlardan bittasini allaqachon tumshugʻini qistirib ulgurgan edi.
Kiyinchiliklarga chidaganimiz yaxshi boʻldi. Mana, zanjirdan qutulib, oʻynay yuribmiz. Naq ajalning panjasidan omon chiqdik-da oʻziyam.