Haqiqatgo’ymisiz

By Ali Sher …, in 1993

1. Yoʻlovchi mashinadan 100 sum tushib qoldi. Siz uni topib oldingiz. Egasini topib pulini qaytararmidingiz?
2. Davlat xazinasidan hech kimga taalluqli boʻlmagan 1000 so’mni agar imkon tugʻilsa, olarmidingiz?
3. 100000 soʻmni-chi?
4.1.000.000. dollarni-chi?
5. Boyligingiz oʻzingizga boridan ham ortiq boʻlib tuyulganmi?
6. Kasbdoshlaringizdan biri korxona pullarini «oʻzlashtirdi», bundan boshliqni ogohlantirarmidingiz?
7. Doʻkondan biror marta nimadir oʻgʻirlaganmisiz?
8. Oʻyinqaroq oʻgʻlingiz qoʻshningizning derazasini sindirib qoʻydi. Siz gap soʻzsiz barcha zararni toʻlarmidingiz?
9. Kassir sizga ortiqcha pul berib yubordi. Unga qaytararmidingiz?
10. Doʻstingizning uyida nimanidir sindirib qoʻydingiz. Buni unga aytarmidingiz?
11. Sotuvchi sizga ortiqcha mahsulot berib yubordi. Indamasdan ketaverarmidingiz yoki
qaytararmidingiz?
12. Oshxona hisobchisi jami xisobga choy pulini qoʻshmadi. Unga eslatasizmi?
13. Ishga bormadingiz. Biror baxona (kasalligingizni) roʻkach qilasizmi?
14. Hamkasblaringiz va oʻzingizning ishlash sharoitingizni yaxshilash uchun pora olganmisiz?
15. Manfaatingiz yoʻlida kimgadir pora berganmisiz?
OChKOLARNI HISOBLANG:
«Ha» - 1 (bir) ochko.
«Yoʻq» - 0 (nul) ochko
10 ochko va undan yuqorisi: Siz haqiqatgoʻysiz. Hech kimning oldida bundan xijolat chekmagansiz. 4 dan 9 ochkogacha: Siz haqiqatgoʻy, ammo kezi kelganda vijdoningizga qarshi borishingiz ham mumkin. 3 ochko va undan oz: Haqiqat siz uchun unchalik ahamiyatli emas, shuningdek, vijdon ham. Biroq sizning yuqoridagi savollarga haqqoniy javob berishingizning oʻzi ijobiy holdir.