Qirollar kasalligi

By Gʻanimirza Jo’rayev, in 1993

«Gemofiliya» koʻhna kasallikdir. Negaki uning baʼzi xususiyatlari yahudiylar ning muqaddas kitobi «Tavrotda bayon qilinadi. Biroq jumhuriyatimizda «gemofiliya>> kasalligining aniqlanishi va uni davolash ishlari asosan 50-yillardan boshlab yoʻlga qoʻyildi. Undan avvalroq yoki oʻtmishda xalqimiz orasida bunday dard bilan ogriganlar maʼlum emas. Aslida bunday bemorlar avvallari ham boʻlgan, lekin ular xatna qilishlik tufayli nobud boʻlishgan. Chunki «gemofiliyaga chalingan bemordan oddiy birgina tish oldirishlari uchun ham maxsus yotib davolanishlikni talab qiladi. Aks holda haftalab qon toʻxtamay oqishi mumkin. Xullas «koʻhna kasallik» ning jumhuriyatimizda bunchallik kech aniqlanishiga asosiy sabab yuqorida aytilganidek xatna qilishlikda omon qolmaslik boʻlsa, ikkinchidan bunday, dard bilan ogrishlik nisbatan ancha ozdir. Lekin shunisi gʻoyat achinarliki, oʻzbek oilalarida aksari birdaniga ikki yoki uch aka-ukalar ushbu xastalikka chalinishadi. Holbuki, birgina bemor chekkan azob- uqubatu u olib kelgan gʻam- tashvish butun bir oilaning yetti pushtiga yetib ortadi. Sobiq shoʻrolar davrida va hozirda ham oʻzimizda, «gemofiliya, «dardi bedavo» kasallik hisoblansada, rivojlangan mamlakatlar, xususan Amerikada bu dard bizdagidek mudhish va qoʻrqinchli emas. Bizda yuqorida aytganimizdek, gemofiliya tufayli bemor bolalar hali voyaga yetmay nogiron boʻlib qolayotgan boʻlsa, ularda bunday bemorlar orasida bironta nogironi yoʻq. Negaki, ularda gemofiliyani «kasallik» sifatida davolash usullari va dorilari, bagʻoyat samaralidir. Oʻzimiz, toʻgʻrirogʻi «qudratli», «dunyoga hayqiriq solgan, ammo koʻp sohalarda ortda qolgan sobiq «sho’rolar mamlakati» shu vaqtgacha gemofiliyani davolashga yetarli eʼtibor bermay keldi. Mavjud muolaja choralari nihoyatda nochor ahvolda edi. Endilikda, ajab emas, mustaqillikka erishgan jumhuriyatimiz rahbarlari, sog’liqni saqlash mutasaddilari, qon kasalligi boʻyicha mutaxassisi duxtirlar bundan buyon gemofiliya dardini davolashga jiddiy eʼtibor bersalar. Yohud AQShlik mutaxassislar bilan oʻzaro til topishib, hamkorlikda, ular Yaratgan gemofiliyaga qarshi gʻoyat samarali «krivobulin» preparatini oʻzimizda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysalar?!
...Bugungi kunda mazkur kasallik bilan ogʻruvchi bemor bolalar jumhuriyat boʻyicha faqat Toshkent shahrida, qon quyish, ilmgohining ixtisoslashgan «Gemofiliya markazida davolanishlari mumkin. Biroq yuqorida taʼkidlanganiday mavjud muolaja choralarini samarali deb
boʻlmaydi. Yaʼni kerakli asbob-uskunalar yetishmaydi. Gemofilik bolalar joniga oro kiruvchi kamyoblashib ketgan «AGP» va «Krivopre- septat» preparatlarining yetishmasligi bois yil oʻn ikki oy og’rik azoblarini tatishga «mahkum» biz kabi bemor bolalarning dardi yanada ogʻirlashmoqda. Shuning uchun 1992 yil mart oyida «Qirollar kasalligi» bilan ogʻrigan jumhuriyat viloyatlaridagi shahar va tumanlarda yashovchi turli yoshdagi, aksari koʻpchiligimiz voyaga yetmagan, birok nogiron boʻlib qolgan bemor bolalar birlashib «Gemofiliya» nomli oʻz jamiyatimizni tuzdik. Va uni jumhuriyat adliya vazirligida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazib, bankda oʻz hisob raqamimizni ochdik. Bundan maqsad, jamiyatimiz hisobiga tushgan mablagʻdan sogʻligʻimizni tiklash, Davolash ishlarini jonlashtirishga sarflash edi. Biroq, afsuski hozirgacha ishlarimiz yurishib ketmadi, yaʼni hisob raqamimizga mablagʻ tushishi biz kutgan natijani bermadi. Shu vajdan ushbu gazet orqali sizlarga murojaat qilishga jazm etdik?!Har bir oila boshligʻi, muʼtabar otaxonlar! Mehri Daryo va aziz, onaxonlar! Tadbirkor, mutasaddi rahbar amakilar! Ishbilarmon akajonlar! Savobtalab hazrati insonlar!"Qisqasi barcha-barchadan iltimos qilamiz, har kim imkoniyatiga, himmatiga qarab jamiyatimiz hisob raqamiga mablagʻ oʻtkazishlarini soʻraymiz. Gemofiliya kasalligidan azob chekayotgan bemor bolalarga xayrixoh hamdard boʻlib jamiyat nomiga mablag’ o’tqazgan hazrati insonlarga oldindan chuqur minnatdorchilik bil diramiz, duo qilamiz. Zero,bizday muhtoj-dardmandlarga - Olloh mingni bersin!HISOB RAQAMIMIZ: Toshkent, t/s No 700913 v. OPU O’zbekiston sanoat qurilish banki MFO 172682310 k/s No 300166910