ChEGARALAR BUZILMASIN!

By Mahmud ABULFAYZ, in 1993

Togʻli qishloqlardan birida feldsherlik qilib yurgan Quvondiqning niyati kutilmaganda oʻzgardi. (Darvoqe, uzr, men ismini oʻzgartirib aytyapman). Yoshi oʻttizdan oshib, roʻzgʻorli, bola-chaqali bo’lgan bir paytda tibbiyot oliygohiga boramanga tushib qoldi.Quvondik talaba boʻldi. Uni ikki xil yoʻnalishdagi og’ir sinov imtihonlar kutayotgan edi: biri oʻqish davridagi imtihonlar, ikkinchisi xayotning shafqatsiz imtihoni - sinovlari. Quvondiqqa oson emasdi. Iqtisodiy buhron uni imkon axtarishga tinimsiz kurashishga majbur qilardi.
-Darsxonada dars tinglab oʻtirardim-u, baʼzan kutilmaganda xayolim qishloqqa tomon uchardi. «Ota-onam qanday tirikchilik qilayapti ekan, xotinimga ham qiyin boʻldi-da», degan ogʻir oʻylar bostirib kelardi. Ana shunday kezlarda oʻzimni qoʻyarga joy topolmay qolardim. Lekin qandaydir taskinlar sirli ilinjlar «oʻqishni tashlab qishloqqa joʻnavorsammikin, degan xayollarimni quvlab turardi. Darvoqe, o’qib yurgan kezlarida Quvondiq ikkita mudhish zarbani qabul qilishga majbur boʻldi. Aziz padari buzrukvori qazo qildi: Otasi bechora xayotning shirinidan kura taxirini koʻproq koʻrdi, boz ustiga kasalmand boʻldi, koʻpam uzoq yashamadi. Ikkinchi zarba shu buldiki, bola-chaqali roʻzgʻorli singlisi bemahalda vafot etdi. Bilasizmi, ana shu fojeiy kunlardan keyin qishloqdan qaytib kelib oʻqishni, ishni davom ettirish unga shunchalar qiyin, ogʻir ko’chdiki, u yogʻini soʻramang. Roʻzgʻordagi tashvishning asosiy zalvori xotinining yelkasiga tushdi. U roʻzgʻorning erkaklar qilishi kerak boʻlgan ishlarini qilar, shu bilan birga oʻz tomorqalarida, ijaraga olingan bogʻda mehnat qilardi. Bu kuxna xayot Quvondik bilan uning yoshgina ayolini yana roppa-rosa olti yil imtihon qildi. Ular bugun Allohga shukurlar aytadilarki, imtihondan yaxshi oʻtdilar.
Agar xotinim sobit turmaganida edi, mening oʻqishni tugatishim qiyin boʻlardi, - deydi. Kim biladi, balki bor-e deb, oʻqishni yigʻishtirib qishloqqa qaytarmidim. Birovlarning xotini eridan beso’rok ota-onasinikiga, bozor-oʻcharga, magazinlarga chiqib ketaveradi. Bilmadim, ularning turmushida qanday mazmun bor. Quvondiqning xotini Samarqandga yozgan bir xatida «Falon kolxozdagi qarindoshimiz toʻy qilayotgan ekan, toʻyxat berishdi, men ham onamlar bilan birga boraymi, agar mayli desangiz, boraman», deb yozgan satrlar bor edi. Agar Quvondiqdan soʻramasdan ham tuyga qarindoshlari bilan boraversa, u hech narsa demagan boʻlardi balki. Chunki xotin qishlokda, er Samarqandda bulsa... Lekin usha satrlarni oʻqib boʻlganidan soʻng uning koʻzlaridan tirqirab yosh keldi. Xudo uni sabotli, vafoli ayolga qoʻshganidan koʻngli togʻday koʻtarildi. Quvondiqning puxtaligi shunda- ki, hech qachon xotinining goʻzal fazilatlarini xech mahal uning oʻziga aytmaydi bir mulohaza qilib koʻring, toki mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar hatto hovlilar oʻrtasida chegara bor ekan, nega endi oilada, er-xotin oʻrtasida baʼzi masalalarda meʼyor, chegara boʻlmasligi kerak? Bilasizku, chegarani buzib oʻtganlar aygʻoqchi, josus va xavfli shaxs sifatida qo’lga olinib, hibs qilinadi. Nega endi oilada chegaralar har kuni shafqatsiz buzilsayu, roʻzgʻor egasi boʻlgan erkak bunga loqayd qarashi kerak? Koʻpincha xayolimga bir fikr keladi: har bir uyga katta harflar bilan «ChEGARALAR BUZILMASIN!» deb yozib qo’yish shart. Chunki barcha kasofatlar chegaralar buzilgan kundan, bu narsaga erkaklarning befarq va koʻnika borishlaridan soʻng boshlanadi