Qo’yadigan Xotinim yo’q!»
Kaxramon ona, beva ayol orzu-umidlari ushalib, Arabiston bo’ylab sayoxatga chiqdi. Shunisi borki, Arabistonda beva ayol va erkaklar koʻp narsadan mahrum. Ayrim ziyoratgohlarga esa faqat jufti bilan kirish mumkin. Onaxon shuncha joydan kelsa-yu, dilida armon bilan qaytsa... Taqdirni qarangki, hamsafari, bir necha yil avval ojizasidan ayrilgan andijonlik oqsoqolning ham koʻnglida shunday kechinmalar kechayotgan ekan. Xullas, rasm-rusumlarni joyiga qoʻyib, ikkovlariga nikoh oʻqildi. Kelishuvga binoan «kuyovtura» «kelinbuvini» Andijonga kelgach, uch talok qoʻyishi kerak edi. Biroq, uyga kelgach, otaxonning feli aynib, «uch taloq qoʻyadigan xotinim yoʻq» deb turib olsa boʻladimi? Bechora kampir endi erining ruhsatisiz hech qayoqqa ketolmayapti.