Yetimparvar

By Boysunning Panjob …, in 1993

Boysunning Panjob qishlogʻida tugʻilib oʻsgan Ochil Kattaboy hoji oʻgʻli koʻp yillar Termizda, savdo sohasida ishlagan. Qarilik nafaqasiga chiqqach, yana Panjobga koʻchib keldi. Kelishi hamono hamqishloqlar bilan masjid qurilishini boshlab yubordi. Undan tashqari, davlatdan oladigan qarilik nafaqasini umrining oxiriga qadar Boysun bolalar uyida tarbiyalanayotgan sagʻirlarga berib borishga qaror qildi. U kishi yangi yilda dastlabki toʻrt oylik nafaqasi 10 ming rublni bolalar uyiga topshirdi.