Sim To’rdagi norasida

By R. HASAN …, in 1993

Er-xotin vaqtli ishga keishdi. Uyning yumushlari chala qolaverdi. Bitmagan ishlar. Bular mayli, uyda hali aqli raso boʻlmagan goʻdaklar qolishdi. Besh nafar. U dunyoga kelib koʻzi ochiq yotgan besh jon, besh norasida. Besh shaxid inson. «Bolalar koʻchaga chiqib, o’tkinchi mashina tagiga tushasin!»
«Fasadi oʻp — oʻgʻri koʻp. Birortasi xonadon kattalarining ishdaligidan foydalanib uyni o’marib ketmasin!» Aytganlari keldi. Bolalar koʻchaga chiqib, oʻtkinchi mashina qurboni boʻlishmadi. Uyni oʻgʻri urmadi. «Xudoga shukrlar-ey»- deydi yekasi ishdan qaytib, hamma uyumlari joyidaligini ko’rgach. Soʻng chala-chulpa kiyinib yana roʻzgʻor yumushlariga urnab ketadi. Har gal shu. Ertalab niyat bilan chiqiladi, kechqurun shu soʻzlari aytib ostona bosiladi. Har gal shunday edi...
Bu gal uyni oʻgʻri urmadi, bolalar tarqab ketishmadi. Lekin, ofat qoʻqqisdan keldi. Yongʻin chiqdi. Tilsiz yov! Bolalar avval boshida oʻzlarini eshikka urishdi. Eshik esa qulflogʻlik. Oʻgʻri urmasin, bolalar koʻchaga chiqib, oʻtkinchi mashina tagiga... Keyin yorug’ olamga yagona tuynuk derazadan chiqmoqni moʻljallashdi. Lekin, barcha derazalarda simtoʻr. Baquvvat. Faqat mushuk oʻtishi mumkin. Musht kirishi mumkin. Oʻgʻri kirmasin degan ehtiyot chorada. Yongʻin esa qamrab boraveradi. Avval goʻdaklarning yoshini, oʻzini yoʻqotib qoʻygan tirik jonni yutib yuboradi. Keyin ikkinchisini. So’ng uchinchisini...
Beshinchisi sal ulugʻrogʻi soʻnggi damda xam yorugʻ dunyodan — tashqaridan madad kutgan. Uni oʻt oʻchiruvchilar simtoʻrga yopishib, jizg'anak boʻlib qolgan holda topadilar...
Bu fojiani eshitib, ilk bora xayolimga kelgani boʻldi. «Goʻdaklari esa bilmagan, suyagi qotmagan onalar ishlashmasinlar. Uyda bola tarbiyasi bilan shugʻullansinlar!». Keyin mulohaza qilib ketdim. Bechora ayol besh bolasini qarovsiz qoldirayotganda aynan shu qorakoʻzlaning yemishi, kiyinishini oʻylagandir. Bir erkakning topishi bilan roʻzgʻor sudrab boʻlarmidi? Qimmatchilik keyin oʻgʻrilarga adlu insof, tiladim. Shu kasb egalari bo’lmasa deraza romlariga baquvvat simtoʻrlarni «bezak» qilmasdik. Keyin vahima bosdi. Xonalarning shiplari dovur oʻralab hamma yoqni yamlab yutayotgan yongʻin ichidan goʻdaklar chinqirishi eshitilganday boʻlaverdi. «En-a-a-a «En-a-aj-o-o-o-n!!!»
Bechora ena bu soʻzlarni eshitmadi. U ishda edi.