Bir kaft tuproq

By Yo`ldosh MALLAЕV. …, in 1992

Qadimda Buzurj mehrdan «Podsholikning qudrati nimadan deb so'rabdilar. Podsholikning qudrati 5 narsada, — debdi. u. — Birinchisi – insofli bo'lish; ikkinchisi – dushmandan hamma vaqt voqif bo'lib turish; uchinchisi — olimlar vafozillarning hurmat-e`tiborini o'rniga qo'yish; to'rtinchisi - el-yurtni obod tutish; beshinchisi – raiyatning hol-ahvolidan xabar olib turish. Agar dono vazir bizning zamonamizda yashaganida edi, oltinchi shart qilib, podsholik farmonlarining so'zsiz bajarilishi deb aytgan bo`lardi, nazarimda. Hozir chayqovda nima istasangiz topiladi. Go'yo chayqovchilarning shaxsiy zavod va fabrikasi borday... Do'konlarda narxini yozib qo'yish. urfdan qolmoqda. Sotuvchidan mahsulot bahosini su- rishtirib, talonda ko'rsatilganlarini talab qilsangiz, «boradigan joyingga bormaysanmi!» deb haqorat qiladi. Ha, ba`zi savdo xodimlarida iymon, e`tiqod, insof qolmadi. Bu hech kimga sir emas. Ular bor narsani xalqqa sotish o'rniga, sun`iy taqchillikni yuzaga keltirishmoqda. Nazoratning bo'shligi, to'g'risini aytganda, yo'qligi ularga qo`l kelmoqda. Hammasi shu kunlarda biroq nimalik bo`lib qolish payida. Bu haqli ravishda xalqning noroziligiga sabab bo'lmoqda. Ular xalq gazabidan, qahridan qo'rqishmaydi. Gapning ochig`i, xudoni ham tanimay qo'yganlari bor. Bu esa yaxshilikka olib kelmaydi. Hech bo'lmasa, Tangrining azobidan qo'rqishsin. Bandasining insofi ketsa, ko'zi bir kaft tuproqqa to'lmaguncha to'ymaydi. Shamidullo OTAKULOV Samarkand tez bitdi. O`tgan yili Navro'z bayramida Qo`shtepa qishloq Shurosi deputati Boyqo`chqor Gafforov: «Ertaga men loy qilib, jamoat binosiga poydevor qo'yaman», dedi. U belgilangan joydan tuproq ushatayotganida. Chorshanbi Bozorov va Abdurasul Istonovlar yordamga keldi. O`sha kuni uch metr devor urildi. Yordamchilar ko'payaverdi. Tezda sartaroshxona, nonvoy- xona, oshxona binolari qad ko`tardi, Iyulgacha masjid, mehmonxona, go'sht do'koni va boshqa binolar ham qurib bitkazildi. Qishloq Shurosi ikki yarim ming, davlat xo'jaligi 8 ming va aholi 5 ming so'm yig`ib berdi. Kamida 80 ming sum bilan bitadigan ish 15- 18 ming bilan uddalandi... Tadbirkorlik, ishbilarmonlik bilan boshlangan ish tez kunda bajarildi.