ISHTIXONLIK SAVDOGAR
Muxtaram janoblar!
Odamlar savdogar deb eshitishsa, darrov uni tavqi la`nat sirtmog'iga osishadi. Aslida savdogarlik ham o'zining ming bir mashaqqatiga ega san`at, savob talab kasb. Eplagan odam savdogarlik qiladi… Qolaversa, savdogarlik davom etaveradi, uni davlatning kuponi ham, hatto, qonuni ham to'xtata olmaydi.
Bir taklifim bor. Qonun yo'li bilan savdogarlikka yo'l ochib berish kerak. Masalan, tumanimizda 200 ga yaqin qishloq bor. Odatda har bir qishloqning kamida beshta savdogari bor. Demak, tuman bo'yicha mingta. Lekin shularning 200 nafarigina bozorda savdo qiladi. Ular kimlarningdir «odam»lari. Boshqalari mirshabdan qo'rqib, bu ishlarni qishloqma- qishloq yurib davom ettirishayapti. Keling, qonun ularga yo'l bersinu ming kishi bozorda savdo qilib o'tiribdi, deylik. Ulardan har biri ming so'mlik mol olib chiqsa, bozorda 1 mln. so'mlik mol to'planadi, ya`ni bozor peshtaxtasida mahsulot ko'payadi. Bu narxning o'z- o'zidan pastga tushishiga sabab bo`ladi. Xo'sh, savdogar mahsulotni qayerdan oladi, demoqchimisiz?Fabrika, zavod, kichik korxonalar, shirkatlar va shunga o'xshash ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning eshigini savdogarlar uchun ochish kerak. Ular bemalol korxonalar bilan aloqa qila olishsin.
Ularning mahsulotlarini sotish uchun davlat do'konlari bor-ku, deya savol berishingiz mumkin. Aytayotgan do'konlaringizda hozir o'sha mahsulotlar bormi? Ularning hammasi bozorlarda sotilyapti-ku! Hozirgi do'kon mudirlarining 90 foizi «SelPO»ning omboridan nariga o'tgan emas. O'zicha mustaqil
ish yurita olmaydi. Chunki u tayyor mahsulotni sotib o'rgangan.
Hozir O`zbekiston bo'yicha kamida 120 ming savdogar bor. Aytaylik ularning har biri davlatga oyiga 300 so'mdan soliq puli to'lasin. Bu davlat byudjetiga oyiga 36 mln. so'm kelib tushadi degani. Ha, aytgandek, hozirgi tang ahvoldan kelib chiqib, oziq- ovqat mahsulotlari bilan savdogarlik qilishni man etish kerak. Nasha va qurol bilan savdo qilish ta`qiqlanishi esa hammaga ayon. Davlat byudjetiga 36 mln. so'm Pulning 10 mln. ini milisionerlarning oylik maoshiga qo'shib ber- sak-da, ularning ish haqi ko'payib, sharoiti baholi qudrat yaxshilansa. Savdogarlarga mahsulotlarni tashib yurish huquqi berilgach, pora berish to'xtaydi, milisionerlar ham pora talab qilmaydi. Byudjetda qolgan 26 mln. pulni nimaga sarflash esa hukumatning ishi. Bu ishlarni respublika miqyosida bajarish uchun «O'zbekiston savdogarlar uyushmasi»ni tuzish lozim. Uyushma har bir tuman bankida o'z xisobini ochishi va unga a`zo bo'lgan savdogarlar davlatga beradigan solig`ini shu hisobga o'tkazishi kerak. Har bir tuman savdogarlarini bir kishi boshqarsa, respublika bo'yicha bu uyushmani 100 kishi bemalol boshqara oladi. Bu tadbir do'konlarni xususiylashtirishga olib boradigan eng yaqin yo'l deb hisoblayman. Shu tariqa eng oson yo`l bilan xususiy do'kondorchilikka o'tiladi. Xususiy do'kondorchilikka o'tilgach, mazkur uyushma o'z- o'zidan tarqab ketishi ham mumkin. Chunki bu vaqtda mahalliy savdogarlarning tajribasi oshib, mustaqil ish yuritadigan bo'ladi. Mana sizga haqiqiy mayda biznesmenlar maktabi.