TAJRIBA
G`uzordagi Eshonquduq qishlog'ida joylashgan Kamoliddin Behzod nomli maktabda o'tgan yili birinchi – to`qqizinchi sinf o'quvchilari ikkiga bo'linib, qizlar alohida, o`g`il bolalar alohida xonalarda saboq ola boshlagan edilar. Natija kutilganidan ham ziyoda bo'lib chiqdi, o'quvchilarning xulqi, fanlarni o'zlashtirishlari sezilarli darajada yaxshilanmoqda, deb xabar beradi.Abdusamad Raximov TABIBANING HIMMATI Xorazm tomoshagohlarida davolash seanslari o'tkazgan. Qizlarxon tabib ko'plab xastalarning duosini olish bilan birga Orol fojiasidan azob chekayotgan minglab ukalarini, afg'on urushi nogironlarini ham unutmadi. Ularga saxovat qo'lini cho'zdi: jumladan, Urganch shahar baynalmilalchi jangchilar kengashi jamg'armasiga yigirma yetti ming so'm o'tkazdi. Shuningdek, tabiba viloyat bolalar jamg'armasiga ham ancha pul bilan yordam berdi. YANA BIR UYUShMA Toshkentdagi «Turon» ijodiy uyushmasi ro'yhatdan o'tdi. Uning maqsadi — milliy qadriyatlarimizni tiklashga hissa qo'shish. Uyushma prezidenti Isoq Ro'ziqulov janoblari.IKKI OLGANI DURUST Men rahbarlik qilayotgan 2-sinfda Jamshidjon ismli bola bor. Kunlardan bir kun «Husnixat» darsida o'quvchilarning uy vazifasini qanday bajarganliklarini tekshirar ekanman, uning daftaridagi juda chiroyli yozuvga ko`zim tushdi. Xatolari ham deyarli yuk edi. Yozuvni o'quvchilarga ko'rsatib, Jamshidjonni rag`batlantirib qo'ydim. Yana bir kuni, daftaringdagini doskaga yozib ko'rsat, deb so'ragan edim, rangi qizarib «dadam yozib bergan edi», edi-yu yig'lab yubordi. Shu-shu Jamshidjonning ilgarigi faolligi, hozir- javobligi ham yo'qoldi - qoldi. Aziz ota- onalar, farzandingizga yordam bering, lekin mexnatingizning bahosini unga yuklamang. Sizning himmatingingiz bilan «besh» olguncha, o'z aqli bilan «ikki»baho olgani durust.