BIRGALIKDA YENGAMIZ
Bugungi vaziyatda barchamizni COVID 19 virusi qachon bartaraf bo‘ladi degan savol qiynayapti. Butun dunyo hamjamiyatini tahlikaga solgan, insonlar, xayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan virus yurtimizda xam kezib yuribdi. Asosan havo orqali yuqadigan bu illat bir insondan ikkinchi inson organizmiga juda tez o‘tib rivojlanadi. Kasallikning dunyo bo‘ylab tarqalishiga aynan insonlar va ba’zi holatlarda hayvonlar ham sababchi bulyapti.
Shu bois barcha davlatlar pandemiyaga qarshi jiddiy kurash olib borishmoqda. Olimlar kasallikka qarshi dori vositasini izlash bilan, boshqalar esa uyda o‘tirib virus tashuvchi bo‘lib qolmaslik yo‘li bilan harakat qilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligining tuman bo‘limlari ham o‘zlariga biriktirilgan hudud holatini yaxshilash uchun harakat qilishmoqda. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun joylarda karantin holatlari joriy etilgan. Karantin hududlarida har bir fuqaro uyida o‘tirishlari uchun tunu- kun maxsus organ xodimlari navbatchilik qilishmoqda.
Xususan Yakkasaroy tumani hududida xam dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Osuda hayotimiz posbonlari, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi markaziy ko‘chalar, mahallalar, savdo markazlari va dehqon bozori joylashgan hududlarda, bino va inshootlarda profilaktik zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda. May oyida o‘tkazilgan dezinfeksiya ishlari davomida tuman FVBdan 240 nafar tuman SEOMdan 300 nafar va 350 nafar ko‘ngillilar qatnashib, tumanda joylashgan ob’ektlarni 600 marotaba, ko’chalarda 1 230 000 m.kv maydonni 630000 litr maxsus eritma sarflangan holda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Virusni to‘liq yengib o‘tmagunimizga qadar, loqaydlikka, xotirjamlikka berilmasligimiz, dezinfeksiya ishlarini susaytirmasligimiz lozim. Fuqarolarimiz ham kundalik turmushning ijobiy tashvishlari va harakatlarini o‘ylab, hayotining bebaho xazinasi sanalmish salomatligiga befarq bo‘lmasdan ish tutishsa, albatta har qanday muammoni hamjihatlik bilan yengamiz. Ulardan asosiy talab qilinadigan vazifa zarurat bo‘lmaganda uylaridan chiqmasliklari zarur, ish bilan ko‘chaga chiqqanlarida ijtimoiy masofani saqlagan holda harakatlanishlari shuningdek, gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilishlari kerak.