YANGI VAZIRLIK TUZILGACH NIMALAR O’ZGARDI?
Shu yil mart oyidan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilgach, barcha hududlarda uning tarkibiy Bo‘linmalari faoliyat yurita boshladi. Joylarda mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi, bo‘limlarining rahbarlari tayinlandi. Qator jamoat tashkilotlari endilikda shu tuzilma tarkibida ish boshladilar, shu jumladan, xotin- qizlar qo‘mitasi xam. Ayni karantin kunlariga to‘gri kelgani tufayli mazkur yangi boshqarma asosiy faoliyatini oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, ularga hayriya kumaklarini amalga oshirish ishlariga yo‘naltirmoqda, bu haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabardormiz. Ushbu tuzilmaning afzalligi nimada, ayni kunlarda uning kuyi bo‘g‘inlarida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Shu haqda mutasaddilarning fikrini bildik.
Feruza RAHIMOVA:
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi Kattaqo’rg’on shahar bo‘limi rahbari:
Ushbu tuzilmaning ahamiyati shundaki, u ilgari bir nechta jamoat tashkilotlari amalga oshirayotgan ishni yaxlit holda yuritadi va bevosita natijalarini nazorat qilib boradi. Ilgari o’zim xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlaganim uchun yaxshi bilaman, bor oilaga borsak, avvalo, undagi xotin- qizlarga e`tabor qaratdik. Uning moddiy ahvolini yaxshilash, bandligini ta’minlash choralarini ko’rardik. Lekin bu oila, ayolning muammosi faqat u bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Deylik, turmush o‘rtog‘i ichkilikka berilgan, voyaga yetmagan farzandlari huquqbuzarlik sodir etgan va hokazo masalalar ayolning oilasidagi notinchlikka sabab bo‘lgan holatlar ham ko‘p uchrardi. Bunday paytda xotin-qizlar qo‘mitasi aniq bir harakatni amalga oshirishga qiynalardi. U yoki bu jamoat tash- kilotlarini jalb qilar, tabiiyki, uning ijrosiga kelganda yechim sust bo‘lardi. Chunki yo‘nalishlari o‘xshash bo‘lsa- da, ammo tashkilot har xil, u o‘z topshirigini, boshqasi esa o‘ziga belgilangan vazifani amalga oshirishni istaydi.
Endilikda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining ham uch nafar o‘rinbosari bo‘ldi. Ya’ni mahalla raisiga ilgarigi mutaxassis vazifasi urniga xotin-qizlar masalalari bo’yicha o‘rinbosar, tadbirkorlik va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlanib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda. Ayni kunlarda ushbu lavozimlarga nomzodlar zahirasi shakllantirilmoqda. Profilaktika inspektorlari ham mahalla raisining o‘rinbosari hisoblanib, har bir mahallada faoliyat olib boradi.
Zamira MURTAZOYEVA,
Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash boshqarmasi Urgut tuman bo‘limi boshligining birinchi o‘rinbosari:
bilan hamkorlikda 10 nafar kam ta’minlangan, nogironligi bor qizlarning bandligini ta’minlash uchun yetti nafariga tikuv mashinkalari, 1 nafariga sartaroshlik uchun anjomlar, pishiriq pishirib sotishi uchun zarur buyumlar ajratildi.
Kasaba uyushmasi
- Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash bo‘limi boshligining xotin-qizlarning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari faoliyati ilgarigi xotin- qizlar qo‘mitasi raisi faoliyati bilan juda o‘xshash. Ushbu vazifada ham xotin- qizlarning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirish, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish, oilaviy qadriyatlarni shakllantirish kabi masalalarni qamrab oladi. Faqat xotin- qizlar urtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi vazifalarimiz ro‘yxatida belgilanmagan. Ammo oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash degan kismining o‘zi jinoyatchilikning oldini olishda albatta, targ‘ibot ishlarini olib borishimizni taqozo qiladi. Hozircha karantin tufayli faoliyatimizni asosan kam ta’min langan oilalarga yordam masalasiga qaratganmiz. Karantin boshlangandan beri aholining kam ta’minlangan qismiga katta homiylik yordamlari ko‘rsatildi, ayni paytda bu ishlar davom etmokda. Ikki mingdan ziyod oilaga moddiy ko‘mak ko‘rsatildi. Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda 10 nafar kam ta’minlangan, nogironligi bor qizlarning bandligini ta’minlash uchun yetti nafariga tikuv mashinkalari, 1 nafariga sartaroshlik uchun anjomlar, pishiriq pishirib sotishi uchun zarur buyumlar ajratildi. Ro‘yxatimizga ko‘ra, yana tumanda 523 nafar og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi xotin- qizlar bor. Ularga manzilli yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.