QOYILMAQOM REJA (yoxud birovga chog’ qazimoq)
Ana- mana deguncha tayyor bo‘lgan tasvirlar va audio yozuvlar Manmanxonni shod qildi. Endi bemalol Telegramm kanallariyu Fecbook hamda Instagramm ga joylab, maza qilib «olqish» olsa bo‘lgani! Blogerni sovuniga kir yuvmapti bu boshliqlar! Naq boshiga gavgo orttirgani aniq. Bo‘lmasa, qachongacha xalqni ezadi, qornini qappaytirib, «Malibu», «Cobalt» minmasdan mundoq aravada, chang- u to‘zondayam borib, xalqni dardini so‘roqlasa- chi?! Manmanxon ichidagi hasadni, ishlaydigan boshliqlaridan oladi. Xuddiki, Manmanxonning past lavozimi- yu mashinasi yo‘qligiga ham ular aybdordek.
Manmanxon shunday o‘ylar bilan bir oy oldin tumanga hokim bo‘lib kelgan Zafar Ilhomovichni boplab ta’zirini berishga bel bog‘lagan. Shu yo‘lda ikki kun oldingi majlis boshlanishidan bir oz vaqtli obdon hokimni asabiga o‘ynadi. Ali desa Vali deb, taranglashgan jahl torlarini chertishga chog‘landi. Aytgan joyidan chiqdi. Rahbar rahbarda. Qo’l ostidagi «laqma» xodim gap uqmasa, yaxshilab «tarbiyaga olish» rahbar uchun joiz emasmi axir?! Manmanxon ovunchog’i, g’oyibona hammaslaklari bilan «giybatlashadigan» temir kutidagi qizil tizimning katta doirasimon tugmasini bosishi bilan, «laqqa baliq» qarmoqda! Manmanxon boshliqni chuv tushirib, shaxsiyatga tegadigan joylarini montaj qilib, hokimni tayyor suyong’ichga chiqardi, qo‘ydi. Bir oy oldingi eski boshlik bilan sudlashdi, tortishdi. Chunki, madaniy xodim ba’zi- ba’zida blogerlik ham qilib turadi. Internetga chikarvorgan edi, boshliq tilidan tutildi, bir majlisda emas, yillab yigilgan gaplar 40 daqiqalik audioda aks etdi, qo‘ydi. Manmanxon labini cho‘chchaytirib, peshonasini tirishtirdi. Eski boshliq savdolashishni xohlamadi. Shu «sirlar»i fosh bo‘lmasdan, Manmanxonning nozik talabini bajarganida, Binoyiday ishlab yurarmidi! Bloger deb, akkaunt ochgan. Manmanxonning «muxlislar»i internetda talaygina. Manmanxon uchun ham, mashhurlik ham, pul olib keladigan bu internetni kim uylab topgan bo‘lsa ham otasiga raxmat! Xullas yakka- yu yagona jiyanini hokimiyatga ishga joylash uchun urinayotgan Manmanxon bu safar aniq qalovini topganiga ishondi. Yangi boshlik Manmanxonni daragini eshitgandirki, uylab muomala qilar, Manmanxon bunaqa ishlarda ustasi farang bo‘lib ketgandi. Har holda u bilan qasdlashgan boshliqni kovushini to‘g‘rilab qo’ygani obrusini yanada ko‘targanday. Ishxonada ham kimsan Manmanxon Iztoparovna bo‘lib ulgurgan, hech kim mushugini pisht demaydi. Ko‘chadan ish bilan kelganlarga avvalo, o‘zini bloger deb tanishtirgach, keyin kanallari- yu internetdagi mavqei haqida so‘zlab ketadi. Qarabsizki, Manmanxon jamiyatning faol a’zosi, xech bir shov- shuv, yangilik uning e’tiboridan chetda emas. Faqat shu noshud jiyanini o‘z yoniga ololmay xalak. Yaqinda bu ham hal bo‘ladigan. Yangi boshliq, shanba kuni xujjat ishlaridan chekinib, xodimlarni ikki soatlik hasharga taklif qilgan edi. Idora hovlisi uchun, gul ko‘chatlar olib kelibdi. Yeng shimarib, ishga tushib ketdi. Manmanxonni tarafkashlari dangasaligi tutib, darrov unga shikoyat qilishdi. Bu naq Manmanxonni ko‘nglidagi ish bo‘ldi. Telefonni kamerasi omon bo‘lsin. Norizo xodimlaridan intervyu olgan «bloger» hashar haqida bong urib, «majburiy mehnat, gender notengligi va hokazo tazyiqlarni qalashtirib tashlashdi. Buni qarangki, boshliq va qorovul bu paytda deyarli, ishni bitirib bo‘lishgan edi. Manmanxon kamerani o‘chirib, tilyog‘lamalik bilan boshliq yonidan ishga tushib ketdi.
Manmanxon bugun yangi boshliqni tanobini tortib, kichik «iltimos» ini aytib ko‘rmoqchi. Zora, «mehnatlar»i samarasini bersa! Qo‘lidagi «dalillar»ni ikki nusxada saqlab, boshliqni oldiga kuydi. Go‘yoki, talabi uchun shu tovon bo‘ladigandek. Zafar Ilhomovich pinagini ham buzmadi. Manmanxonni xayron koldirib, disk va kichik fleshkami stol ustiga qo‘ydi:
Men ham sizga syurpriz tayyorlaganman. Bir borib ko‘rib, xulosangizni aytarsiz. Ertaga ertalab, ishda gaplashamiz. Salomat bo’ling.
Manmanxon o‘yda qoldi. Boshliq qo‘liga tutqazgan narsalarni ko‘rish ishtiyoki uni yondirardi. Uyga kela solib, noutbukni oldi, diskni qo‘ydi, fleshkani tizimga uladi. Ana, xolos! Ishxonaga qachon yangi kamera qo‘yildi? Voy qachon bu kadrlar olingan?! Ana syurpriz- u mana syurpriz! Manmanxonning peshonasidan sovuq ter chikib ketdi. Savollar quyilib kela boshladi. Nega uni ogohlantirishmadi. Axir deyarli hech qaysi kamera ishlamas edi- ku?! Ishlagani ham bir soatdan keyin uchib ketardi?! Ishxonaga kelgan yangi stol- stullarning ham «ortiqcha»si Manmanxonnikiga olib kelinayotgan tasvirlar ham bor! Tamom bo‘ldi. Qo‘lidagi yapaloq qattiq jiringladi. Yangi boshlik Zafar Ilhomovich qo‘ng‘iroq qilayotgan edi. - Allo, Manmanxon Iztoparovna, qalaysiz? Sovg’a yoqdimi? Internetdagi eng yaqin do'stlar ichidagi «Kaminayu, kamtarin nomli akkauntni egasini esladingizmi? Yuqorida ishlaydigan ashaddiy «muxlis» ingizni tanidingizmi? Yezishgan xabarlaru bizga qarshi o‘zim bilan tuzgan rejalaringiz ham qo‘limda. Dalillar bisyor. Ertaga ishxonaga kelib, o’z xohishingiz bilan ariza yozasizmi yoki ovora bo‘lib qolmasligingiz uchun, tayyorlab ko‘yaylikmi?
- Eshityapsizmi, allo, ha mayli. Oq qogoz tayyorlab qo’yamiz, kelishda ishxona stullarini olib kelish esdan chiqmasina o‘rtoq bloger, ariza yozishda stol yoniga stul kerak bo‘ladi...
Manmanxonning o’tirgan shoxini sindirishdi, uni chuv tushirishdi! O‘zi laqqaga aylandi! Jahlini jilovlay olmagan Manmanxon yapaloq ovunchog’i, g’alamis sirlar yashiringan rejalar «ombor» ini devorga qarab otdi