OBOD XONADONDA FAYZ BARAKA BO’LADI
Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash vazirligida mahalla tizimi faoliyatida uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» tamoyilini ijtimoiy hayotga keng joriy etishning ustuvor vazifalariga qaratilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov videoselektor yigilishini kirish so'zi bilan yechar ekan, jamiyatning ajralmas bo‘lagi hisoblanuvchi mahalla va oila institutlarini ko‘plab- quvvatlash borasida davlat siyosatining joylardagi ijrosini ta’minlashda vazirlikning quyi tuzilmalari oldida turgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Aytish lozimki, o‘tgan davr mobaynida mahalla tizimi faoliyatini rivojlantirish, «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan yangi tizimni har bir mahallada joriy etish borasida zarur normativ- huquqiy bazani shakllantirish, Fuqarolar yig’inlarida kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, mahallalarda ishni to‘g‘ri tashkil etish, kambag‘allikni qisqartirish, tomorqadan samarali foydalanish, yordamga muhtoj oilalarni qo’llab- quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazirlik tomonidan bir kancha dastur va rejalar ishlab chiqilib, ijtimoiy hayotga tadbiq etilmoqda.
Yig’ilishda davlatimiz rahbari tomonidan «Obod xonadon», «Obod ko'cha» «Obod mahalla» tamoyillarini amaliyotga joriy etish, har bir oilada Maishiy madaniyatni mustahkamlash, xonadonlar va ko‘chalarni obod kilish bo‘yicha belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu muhim hayotiy ahamiyatga molik tamoyillarni respublikamizning barcha mahallalarida qaror toptirish maqsadida Mahalla va oilani qo'llab- quvvatlash vazirligi tomoni dan shu yilning 10 iyunidan boshlab aholi orasida targ‘ibot va amaliy chora- tadbirlarni iyun- avgust oylarida amalga oshirishga qaratilgan Harakatlar rejasi ishlab chiqildi.
6 ta yo‘nalish va 44 ta banddan iborat ushbu Harakatlar rejasining Ijrosini ta’minlash doirasida ka- rantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda mahallalardagi har bir ko‘chani obodonlashtirish, xonadon va tomorqa madaniyatini rivojlantirish, oila- larni mustahkamlash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan qator tadbirlar olib boriladi va amaliy choralar ko‘riladi.
Mazkur xayrli va savobli ishlarga tuman va shaharlarda tashkil etilgan Nuroniylar jamoatchilik kengashlari a’zolari ham faol jalb etiladi. Shuningdek, kam ta’minlangan va kambag’al oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatga layoqatli a’zolarini kasb- hunarga o‘rgatish, ish bilan ta’minlash, daromad manbayini shakllantirish orqali kambag’allikdan chiqarish choralari amalga oshiriladi.
Ijtimoiy faol keksa avlod vakillarini keng jalb etgan holda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ma’naviyatini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi.
«Salomatlik uchun besh ming qadam» shiori ostida har kuni kechki payt mahallalarda tashabbuskor nuroniylar xamda harbiy xizmatchilar ishtirokida piyoda yurish tadbirlari tashkillashtiriladi.
Videoselektor yig‘ilishida qayd etilganidek, Harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlarni karan- tin qoidalariga qat’iy rioya etish, ijtimoiy masofani saqlagan holda amalga oshirish choralari ko‘riladi.
Tadbirda Harakatlar rejasi doirasida ishlab chiqilgan va Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan chora- tadbirlar Dasturi misolida har bir tuman (shahar) o‘z dasturini tasdiqlab, shu asosda ish olib borishi zarurligini aytib o‘tildi.