Ayollari tarbiyali millat - tarbiyalidir
Tarbiya jarayonida, albatta, ayollarimizning oʼrni beqiyosdir. Аyollarimizni jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida faol ekanliklari sir emas. Tarixdan maʼlumki, ajdodlarimizning qadimgi yozma va ogzaki manbalarida ; ayollarning ijtimoiy hayotdagi mavkei doimo yuqori baholanib kelingan.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy- amaliy tadqiqot markazi huzurida tashkil etilgan maxsus oʼquv kurslarimizda kasb malakasini oshirayotgan xotin-qizlar bilan ishlash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʼyicha mahalla mutaxassislari uchun belgilangan dars mashgʼulotlari dasturlarida ham oilalarni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasi, komil shaxsni kamolga yetkazish kabi yoʼnalishlarga asosiy eʼtibor qaratilmokda.
Maʼnaviyat, psixologiya treninglarida inson ruhiyati, uning atrofdagi vokea-hodisalarga sogʼlom munosabati, fikrlashi va dunyoqarashida oilaning, ota-ona, yaqinlarning taʼsiri haqidagi tahlillar oʼrganiladi. Sogʼlom turmush tarzi, millat genofondining soglomligi, demografik vaziyatlarni barqarorlashtirish reproduktiv salomatlik mashgʼulotlarida tinglovchilarga yetkazilsa, ijtimoiy xizmat yoʼnalishidagi mahorat saboklarida oilaning genogrammasi, ekokarta hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj kishining ahvolini baholash mezonlari, ijtimoiy ish xodimining axloq etikasi xayotiy faktlar va interfaol usullarda oʼrgatilmokda.
Oiladagi maʼnaviy muhit, farzandlar tarbiyasi barcha-barchasida ayolning roli beqiyos. Rizouddin ibn Faxriddin "Oila" nomli asarida ayollar haqida taaʼkidlaganidek: "Xotunlari tarbiyali boʼlgan xalq tarbiyali-yu, xotunlari tarbiyasiz boʼlgan xalk tarbiyasiz, xotunlari tirishqoq, tadbirkor, irodali boʼlgan xalq - boyu, xotunlari yalqov yoki isrofgar xalq faqir boʼlishi anikdir".
Oila tarbiyasining muhim yoʼnalishi goyaviy tarbiyadir. Oiladagi tarbiya shaxsning shakllanishida, uni siyo-siy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy qarashlarini maʼlum bir maksad, goya yoʼliga yoʼnaltirilgan boʼladi. Bunday tarbiya inson dunyoqarashining
kengayishiga xizmat kilib, tom maʼnoda mafkuraviy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Аbu Nasr Farobiy "Insonda goʼzal fazilatlar ikki yul - taьlim va tarbiya yuli bilan hosil qilinadi.
Taʼlim faqat soʼz va oʼrgatish bilangina boʼladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, yaʼni, shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat boʼlgan ish harakat, kasb-hunarga berilgan boʼlishi, oʼrganishidir",-deydi. Uningcha, taʼlim-tarbiya ishlarini ikki yoʼl bilan amalga oshirish darkor. Birinchisi, qanoatbaxsh, chorlovchi, Ilhomlantiruvchi soʼzlar yordamida odat hosil qilinadi... Ikkinchi yoʼl majbur etish yoʼlidan iborat deb koʼrsatib oʼtadi.
-Oʼzbek oilasida bola ongida sogʼlom goya va bilimlar shakllanishi jarayonida oilaning kattalari - bobolar, momolar, yaqin qarindosh-urugʼlar xam bevosita ishtirok etadi. Аzaliy udumga binoan bola tarbiyasida ota- onadan kura bobo va buvilarning taʼsiri kuchliroq boʼladi. Ular oiladagi maʼnaviy muhitning boshqaruvchilari hisoblanadi. Bunday tarbiya anʼanasi buyuk ajdodlarimiz taqdirida muhim oʼrin tutgan. Masalan, Аmir Temur nevaralari tarbiyasi bilan ularning onalari emas, buvilari shugʼullangan. Xususan, Shoxrux Mirzo, Xalil Sulton, Ulugbek Mirzo singari shahzodalar Saroymulkxonim qoʼlida tarbiya topgan. Аhli donish eʼtirofi bilan aytganda, "Onalar bolani dunyoga keltirganliklari uchun emas, uni odobli, axlokli kilib voyaga yetkazganliklari uchungina olqishga sazovor boʼladilar".