Oila ilmidan innovatsion saboq

By Bektosh Ismoilov, …, in 2019

Prezidentimizning 2018 yil 2 fevralda kabul kilingan "Xotin-qizlarni kullab-kuvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida"gi Farmoni asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyati tubdan isloh qilindi va bu oʼz navbatida koʼplab muammolarni bartaraf qilish uchun imkoniyat yaratdi.
Farmonning 9-bandida nikohdan oʼtuvchi shaxslar uchun oilaviy hayot asoslari boʼyicha majburiy oʼquv kurslari tashkil qilish masalasini oʼrganish va xalqaro tajribani inobatga olgan holda oʼquv dasturlari ishlab chiqish belgilangan. Bu band ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy amaliy tadqiqot markazi yoshlarni nikohdan oldin oilaga tayyorlash boʼyicha ukuv dasturi loyihasini ishlab chikdi.
Prezidentimiz oʼtgan yilning 10 avgustida poytaxt tumanlariga tashrifi chogʼida Shayxontohur tumanida "Oila" markaziga "Boʼlgʼusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabini tashkil etish vazifasini yuklagan edi. Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda ilk bor "Boʼlgʼusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi" tashkil qilindi. Maqsad mamlakatimizda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh kelin-kuyovlarga namunali oilalarning xayotiy tajribalari, oilaviy munosabatlarning maʼnaviy- axloqiy asoslari, oila iktisodiyoti va byudjetini yuritish, reproduktiv salomatlik boʼyicha bilim va koʼnikmalar berishdan iborat edi.
Shundan soʼng markaz oʼquv-loyihasini nikoxdan utuvchilarni oilaviy hayot asoslari boʼyicha tavsiya etilayotgan yoʼnalish va mavzular asosida oʼquv tajriba tariqasida Toshkent viloyatining Parkent tumanida oʼtkazildi. Oila qurish ostonasida turgan
yoshlarning psixologik, pedagogik, huquqiy va diniy bilimlarini oshirish borasida oʼquv kursi tashkil etildi. FHDYo boʼlimi qoshidagi mashgulotlarda boʼlgʼusi kelin-kuyovlar "Oila psixologiyasi", "Oila byudjeti va iqtisodi", "Diniy va axloqiy tarbiya", "Oilaviy-huquqiy munosabatlar", "Reproduktiv sa- lomatlik", "Oilalar mustahkamligini taʼminlashda mahallaning oʼrni" mavzularida maʼruzalar tinglashadi.
Mashgʼulotlar davomida mutaxassislar yoshlarga oilaviy hayotda uchraydigan muammolar hamda ularni oqilona bartaraf etish yoʼllari haqida maʼlumot va tavsiyalar berishadi, oilaviy munosabatlarni toʼgʼri yoʼlga qoʼyish, nizolarning oldini olish masalalari, sogʼlom turmush tarzi, jinsiy xayot psixofiziologiyasi, nikohdan tashqari munosabatlarning oldini olish, muhabbat, rashk, sadoqat, mehr-oqibat tuygʼularining oila mustahkamligiga taʼsiri, namunali oilani shakllantirishda milliy qadriyatlarning ahamiyati bilan bogʼliq jarayonlarda xuquqiy masalalar tushuntiriladi.
2019 yilning fevraliga kelib, 6 oy davomida oʼquv kurslarida 90 juft kelin-kuyov oʼqitilib, oila psixologiyasi, diniy tarbiya boʼyicha er-xotin munosabatlari, oilada farzand tarbiyasi va boshka masalalarda yetarlicha bilimga ega boʼlishdi.
Shuningdek, respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida yosh kelin-kuyovlar uchun "Innovatsion maktab" ukuv kurslari tashkil etildi.
Endi bu maktabda FHDYo boʼlimlariga oila qurish maqsadida ariza topshirgan yigit-qizlardan tashqari kasb-xunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʼquvchilari bepul oʼqishlari mumkin.
"Boʼlgʼusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabning oʼquv dasturi zamonaviy texnologiyalarni qoʼllagan xolda masofadan oʼqitish va maslahat berish shakllari yaʼni, vebinar (internet orqali seminar va trening)lar, masofadan, konfedentsiallikni taʼminlagan holda, mutaxassislarning onlayn konsulьtatsiyalari (psixolog, huquqshunos va vrachlar), ijtimoiy tarmoqlarda innovatsion maktab sahifasini ochish, mulьtimedia vositalari bilan maxsus jihozlangan mashgulot xonalarida videoroliklar namoyish kilish va ularning tahlili asosida taʼlim berish kabilardan iborat.
Innovatsion maktabda mavjud anʼanaviy maktablardan farqli ravishda nafaqat juftliklarning oʼzini oʼqitish, balki yakka holda mutaxassislarning maslahatlari, muayyan mavzular boʼyicha guruhlarda treninglar oʼtkazish (masalan, boʼlajak kelinlar uchun: ayollik psixologiyasi, goʼzallik psixologiyasi, sevikli boʼlish sanʼati, oʼgʼil bolalar uchun androlog va urolog maslahatlari va xokazo) yoʼlga qoʼyiladi.