Oila va uning a’zolari huquqi kafolatlangan
Respublika Bolalar va oilalarni kullab-kuvvatlash Аssotsiatsiyasi tomonidan Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi granti asosida Oʼrtachirchiq tumani Bektemir MFYda oʼtkazilayotgan "Oylam Oltin kurgonim" loyihasi doirasida mahalla ahli bilan "Oilada ota-ona, kelin va bolalar Huquqlari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
-Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasi deputati, poyiha tashkilotchilari, Oʼrtachirchiq tumani hokimligi vakillari, mahallalar mutaxassislari, psixolog, xukukshunos va faollar ishtirokida oʼtgan tadbirda mamlakatimizda oilalarni ijtimoiy-maʼnaviy muhitini yaxshilash, farovonligini yuksaltirishga qaratilayotgan eʼtibor, oilani asrash, undagi har inson manfaatlarini himoyalash borasida yaratilgan huquqiy asoslar alohida taʼkidlab oʼtildi.
-Bugun oilalardagi muammolarning aksariyati xukukiy savodonlikning yetarli emasligidan kelib chiqayotgani sir emas, - dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oliya Yunusova. Shu bilan birga qaynona-kelin oʼrtasidagi muomala-munosabatlar, muammolar haqida gapirishdan avval oilada otaning oʼrnini mustahkamlash eng zarur omil ekanini unutmasligimiz kerak. Milliy tarbiyamizda yigitlarni katta xayotga tayyorlash jarayonida, albatta, bir oilaning boshligʼi sifatida zimmasiga katta masʼuliyatlar tushishi ham yoshligidan uktirib borilgan. Birok ayrim xonadonlarda bu anʼanaga eʼtibor berilmayotgani, oqibatda uylanib, farzandli boʼlganida ham oʼz fikriga ega boʼlmagan, kattalar nima desa shuni maʼqullab turadigan yigitlar voyaga yetdi. Bundan tashqari oilaning mustahkam boʼlishida kelin-kuyovlarning iqtisodiy mustaqilligi, yaʼni xunarli, kasb-korli ekani ham muhim omillardan biri. Bularning barchasi oiladagi tarbiya jarayoniga bogʼliq. Bugun koʼplab xonadonlarda kelin-kuyovlarning huquqiy bilimsizligi, ustiga-ustak ota-onasiga iqtisodiy qaramligi oqibatida yosh oilalarda notinchliklar kelib chiqmoqda. Oqibatda esa kup hollarda kelinlar va bolalar aziyat chekmokda. Mamlakatimizda har bir oila va unda yashayotgan har bir insonning huquq va manfaatlari kafolatlanganini kaynona-qaynotalarga, kelin-kuyovlarga va kelinning ota-onasiga tushuntirishimiz kerak. Oila xuquq va manfaatlarini toʼla anglab yetganimizdagina atrofimizdagilarni nohaq aziyatlardan himoya qila olamiz.
Аholi bilan samimiy muloqot shaklida oʼtgan tadbirda malakali mutaxassislar mahalla ahlini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi.