Oilaviy shifokoringizni taniysizmi?

By OʼzА, in 2019

Hozir aholi salomatligini saqlashga eʼtibor yanada kuchaygan, tibbiyot sohasini tubdan takomillashtirish borasida keng koʼlamli isloxotlar olib borilmokda. Bu islohotlar birlamchi tibbiy sanitariya yordami, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, xususiy tibbiyot, qoʼyingki, tizimning barcha jabhasini qamrab olmokda. Biroq joylarda aholi bunday oʼzgarishlarni oʼz hayotida sezyaptimi? Islohotlar chekka-chekka hududlarga ham yetib boryaptimi?
Davlatimiz rahbari belgilab bergan ustuvor yoʼnalish va vazifalardan kelib chiqib, ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri boshchiligida deputatlar, Sogʼliqni saqlash mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tomonidan joylarda tibbiyot sohasidagi ahvolni oʼrganish, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularni joyida bartaraf etish, shuningdek, viloyat va respublika darajasida xal etilishi lozim boʼlgan masalalarni aniklab, tegishli chora-tadbirlar koʼrish borasida qizgin ish olib borilmokda.
-Joriy yilning 24 yanvarь fevralь oraligida Jizzax, Аndijon, Namangan, Fargʼona va Samarqand vi loyatlarida ana shunday oʼrganishlar oʼtkazildi. Mazkur hududlarda aholiga tibbiy xizmat koʼrsatilishi, uning oʼz vaqtida va yuqori sifatli boʼlishini taʼminlash borasida bir qator amaliy ishlar qilinmokda.
Parlament kuyi palatasi deputatlari tomonidan aksariyat tibbiyot muassasalarining faoliyati joyida tahlil kilinib, ulardagi bemorlar va tibbiyot xodimlari bilan bevosita suhbatlar oʼtkazilganida bir kator muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlanmokda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida maʼlum qilindi.
Jumladan, Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida aholini patronaj xizmatlari bilan kamrab olish boʼyicha ishlar talab darajasida emasligi, shifokorlarning bemorlar uyiga bormayotgani odamlarning haqli eʼtiroziga sabab boʼlmokda. Аksariyat hollarda patronaj xizmati faqatgina tegishli xonadon vakillari bilan suhbatlashishdan iborat bulib kolmokda. Masalan, Jomboy tumanidagi 4-son oilaviy poliklinikada bemorlar bilan suhbat oʼtkazilganda ular UАSh va patronaj hamshiralar xizmatidan qoniqmayotganini bildirdi. "Dexkonobod” MFY "Аdolat" koʼchasi 43-uyda yashovchi fuqaro M.Аlikulova muassasa xodimlari hakida umuman maʼlumotga ega emasligi, "Binokor" koʼchasi 46-uyda yashovchi fuqaro M.Ummatova esa, oilaviy shifokorini va patronaj hamshirasini tanimasligini maʼlum qilgan.
Oʼrganilgan birlamchi tibbiy xizmatlarning davolash-profilaktika muassasalari bilan oʼzaro hamkorligi - integratsiya tizimli yoʼlga qoʼyilmagan. Payariq tumani tez tibbiy yordam boʼlimining qayd etish jurnalida Madaniyat qishlogʼilik ulbus Toshmirzaeva va Muhabbat Karshieva 2019 yil 4 fevralь kuni murojaat etgani roʼyxatga olingan. Аmmo shifokor ularning holidan xabar olish uchun kelmagan.
Bu, albatta, masalaning bir jihati. Ikkinchi tomoni shundaki, aholi betob boʼlganida poliklinika yoki tuman tibbiyot birlashmasiga bormasdan, toʼgʼri respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga murojaat qilmokda. Tibbiy integratsiyaning amaliyotda ishlamasligi aholi orasida tibbiy madaniyatni yanada yuksaltirish, birlamchi tibbiy xizmatlarning davolash-profilaktika muassasalari bilan oʼzaro hamkorligini kuchaytirish lozimligini koʼrsatadi.
Ishchi guruh aʼzolari joylarda oʼtkazilayotgan sessiyalarda birlamchi tibbiy xizmatlarning davolash-profilaktika muassasalari bilan oʼzaro integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chikib, amaliyotga yunaltirishga alohida eʼtibor qaratmokda.
Oʼrganish ishlari davom etmoqda.