Xotin-qizlar muammolari qanday yoritilmoqda?
Oʼzbekiston Milliy matbuot markazida Oʼzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi koshidagi Jurnalist ayollar kengashining "Xotin- kizlar murojaati: tahlil va muammolar" mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasiga kilinayotgan murojaatlar, ularni koʼrib chiqish, tepishli tashkilotlar bilan birga xotin-qizlarning xukuklari va qonuniy manfaatlarini himoya kilish, ogir ijtimoiy ahvolga tushib qolganlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam kursatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, aksariyat hollarda xotin-qizlarimiz oʼz haq-huquqini bilmasliklari tufayli koʼplab muammolarga duch kelayotgani aytib oʼtildi. Bu jarayonda xotin-kizlar oʼrtasida huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish kerakligi qayd etildi.
-Hozirgi kunda yangi ish tizimiga asosan faoliyat olib boryapmiz, deydi Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi raisi oʼrinbosari Gulnora Maьrufova. Murojaatlar bilan ishlash bulimiga yuzga yaqin xotin-qizlar murojaatlarini ogzaki, dama va onlayn tarzida yoʼllashmoqda. 1146 rakamli "Ishonch telefoni ham muntazam ishlamokda. Bundan tashkari, respublikamizning xar bir viloyatida oʼtkazilgan sayyor qabullar orkali ayollar muammolari oʼrganilmoqda. Murojaatlarning asosiy qismini ayollarning haq-huquqlarini himoyalash, ish bilan taʼminlash, uy-joy taʼminoti va oilaviy nizolar borasidagi kelishmovchiliklar tashkil etyapti. Har bir murojaatchiga alohida eʼtibor qaratilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezlik bilan chora koʼrilmokda.
Bugungi kunda respublikamizda oila, xotin-qizlar hayotiga oid 60 ga yaqin jurnal va gazetalar faoliyat koʼrsatmoqda. "Saodat", Oila va jamiyat", "Oila davrasida", "Bekajon", "Sugdiana", "Ledi", "Tadbirkor ayol", "Oʼzbekoyim" kabi nashrlarda ayollar murojaat lari va ularning haq-huquqlarini taʼminlash bilan boglik maqolalar chop etib kelinmokda. Birok, ularning barchasida ham muammolar kungildagidek yoritilyaptimi? Dolzarb mavzuparni taxlil etish jurnalistdan chuqur bilim za tajriba talab qiladi. Jurnalist ayollar kengashi raisi Feruza Odilova muammolarga jamoatchilikning eʼtiborini jalb etish uchun jurnalist uziga xos yondashuvga ega boʼlishi zarur ekanligini taʼkidladi.
Аnjumanda ustoz jurnalistlar muammolarni tahlil qilish va chop etish borasidagi oʼz mulohazalari va tavsiyalarini bildirishdi. Shuningdek, Qoʼmita vakillari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.