Yangiyo’lda amaliy seminar
Toshkent viloyati Yangiyul tumanida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi farmoni ijrosi yuzasidan amaliy seminar boʼlib oʼtdi.
Taʼkidlash joizki, bugun Respublikamizda mazkur farmon ijrosi yuzasidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ogʼir turmush sharoitidagi oilalarni manzilli qoʼllab- kuvvatlash, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy- maishiy turmushdagi zoʼravonliklar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar mutlaq yangi tizimda olib borilmoqda.
Mazkur seminarning oʼziga xosligi shundaki, aynan Xotin-qizlar qoʼmitasi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan vazifalar, xotin-qizlar qoʼmitasi boshlangich tashkilotlarining faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyish orkali kuyi tizimlarda ayollarning muammolarini oʼz vaqtida aniqlab, hal qilish imkoniyatini tezlashtirish mumkinligi amaliy ijrosi bilan koʼrsatib berildi.
Seminar ishida "SHOIRABEGIM ART DIZAYN" MChJ boshlangʼich xotin- kizlar faoliyati oʼrganilib, korxona negizida oʼquv markazi va tikuv sexi ishga tushirildi.
Tumanning 74 nafar faol, faxriy, raxbar, deputat ayollariga 274 nafar xotin-qiz zaxira kadr sifatida biriktirildi.
Shuningdek, amaliy seminar davomida oilalar mustahkamligini taʼMinlash va oilaviy munosabatlarni yaxshilash maqsadida, nikohi qonuniy rasmiylashtirilmagan 20 oilaga nikox guvoxnomalari berildi.
Tomorqadan samarali foydalanish orkali 15 nafar ayolning bandligi taʼminlanib, ularga mexnat daftarchalari topshirildi hamda "Hunarmand" uyushmasi bilan hamkorlikda "Ustoz-shogird" anʼanasi asosida xunarmandchilik faoliyatini boshlayotgan 20 nafar xotin-qizlarga guvohnomalar tarqatildi.
Seminar davomida Respublika Xotin-qizlar qoʼmitasi va tijorat banklari hamkorligida tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz xotin- qizlarning 5 nafariga imtiyozli kredit olish uchun sertifikat topshirildi.
Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari, Xotin-qizlar qoʼmitasi raisi Tanzila Narbaeva ishtirok etdi.