Qishloqqa kerak kutubxona
Yaxshi eslayman bolaligimizda uzimizni qiziqtirgan kitobni kishlok kutubxonasidan olib ukirdik 10 mingdan ziyod kitob fondiga zga kutubxona kitoblarining baʼzilari kishlok xoʼjaligi yo texnikaga oid shuningdek, rus tilidagi adabiyotlar boʼlsa, aksariyati tarixiy, badiiy asarlar boʼlardi. Bundan tashqari, bir necha nomdagi gazeta-jurnallarga obuna bulinar, istagan kishi kutubxonaga kirib,uzi xohlagan nashrni oʼqishi mumkin edi. Hatto kitobni uyga olib ketib mutolaa kilish imkoniyati ham mavjud edi.
Donolar: Kimki koʼp kitob oʼqisa, uning zexni ochiladi, zavqi oshadi, soʼzga chechan boʼladi", deydilar. Kitob insonning eng yaqin doʼsti va maslahatchisi, aql qayrogi, bilim manbaidir. Xalqimiz kitobni azaldan aloxida qadrlaydi, ehtiyot qiladi. Kitobga muxabbat, oʼqishga ishk konimizga singib ketgan.
Fargona viloyati Quva tumanining Qayragoch kishlogida istikomat kiluvchi. Yoqubjon aka Kodirov uzoq yillar tuman markaziy kutubxonasiga rahbarlik kilgan. Kitob bilan doʼst tutingan, tuklarni tomga ulab, uning har satrini qalbiga muxrlagan. Kitobxonlarni benihoya kadrlagan
Yekubjon aka bugun 63 yoshda, sogʼligi tufayli II guruh nogironi boʼlsada, mutolaani kanda qilmaydi. Turmush urtogi Qimmatxon opa ham 30 yildan ziyod vaqt davomida qishloq kutubxonasida ishlagan. Shuning uchun kishlokda bu oilani kitobxonlar, ezgulik ulashuvchi yaxshi insonlar sifatida kadrlashadi.
Yakinda ana shu qalbi ilm-ziyoga, maʼrifatga toʼla insonlar bilan suxbatlashish uchun ularning xonadonida boʼldik. Qizgin suhbatimiz oʼz-oʼzidan kitobxonlik mavzusiga bogʼlandi.
Koʼp kitob oʼqigan koʼp biladi, degan gal xak ekan. Bu xonadonda oʼqilgan har bir asar yuzasidan mulohazalar, bahs- munozaralar boʼladi. Badiiy asarning goyasi, mazmuni, maqsadi, voqeliklar xilma-xilligi Yoqubjon aka va oila aʼzolarining shaxsiy qarashlari asosida tahlil etiladi. Shu sabab xonadon bagrida ulgʼayayotgan nabiralar ham maʼrifatga intiladi. Toʼrt yeshli Hafizulloning dunyoning 30 dan ziyod mamlakati va poytaxti nomini biyron sanay olishi ham shu intilish samarasidir.
- Bugun kitob oʼqish dolzarb masalaga aylandi, deydi Yoqubjon aka. - Mamlakatimizda yeshlarni kitobxon kilib tarbiyalash, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilayotgani koʼngilni togdek koʼtaradi. Аlbatta, kitobxonlikka alohida eʼtibor berilayotgani, xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni kitob mutolaasi bilan yanada oshno etishga qaratilgan bir kator chora-tadbirlar kelajakda uz mevasini beradi. Shu oʼrinda meni bir narsa uylantiradi. Qishlogʼimizdagi kutubxona bir necha yillar avval tugatilgan.
U yerdagi shuncha kitob hozir qaerdaligini bilmaymiz ham. Bugun kishlokka ziyo maskani albatta zarur. Kitob ixlosmandlariga ezgulik va yaxshilikka chorlovchi kitoblar, hayotga ishtiyokni oshiruvchi asarlar juda Qishlogimizda oʼzimizning taniqli adiblar, jahon adabiyotining mumtoz namunalarini haligacha izlayotgan, bir- biriga almashib oʼqiyotgan kitobxonlar juda kup. Faqat bugun kitobxonlar kaerdan kitob olib oʼqishni bilmayaptilar. Kishlok kutubxonasi esa bizga xar tomonlama qulay edi,
Qimmatxon opaning aytishicha, uyda kitob qancha koʼp oʼqilsa, bekorchilikka barham beriladi, boshka mayda-chuyda tashvishlar ham oʼz-oʼzidan chekinadi. Mutolaa orqali dunyoqarash kengayadi, bolalar oilada odob-axlokli bulib ulgayadi. Qishloq kutubxonasida ishlaganida koʼplab tadbirlar oʼtkazilgani, bilimli va kitobxon yoshlar koʼp boʼlganini quvonib eslaydi.
Turri, bugun kasb-hunar kollejlarida axborot-resurs markazlari faoliyat kursatmokda. Аfsuski, ular yetarli darajada badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanmagan. Hudud aholisi u yerga kirib kitob oʼqimaetgani ham, achchiq boʼlsada, haqiqat. Yoqubjon aka taʼkidlaganidek, qishloqqa kutubxona kerak. Umuman, har bir qishloqda kutubxona boʼlishi lozim. Siz nima deysiz?