Madaniy merosimiz – Germaniya va O’zbekistonni bog’lab turgan mustahkam ko’prik
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi munosabati bilan Oʼzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi (OʼzEOАVMА) bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Berlin shahrida "Buyuk ipak yoʼli merosi Oʼzbekiston va Germaniya oʼrtasidagi koʼprik” mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy forumi oʼtkazildi. Mazkur nufuzli tadbir haqida OʼzEOАVMА boshqaruvi raisi, Firdavs Аbduxoliqov bilan suxbatlashdik
- Oʼtgan yilda Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, АQSh, Frantsiya singari mamlakatlarda shu mavzuda qator tadbirlar oʼtkazildi. 2018 yilning 10-11 dekabr kunlari poytaxtimizda ham yuzlab xorijiy olimlar va mutaxassislar ishtirokida shu mavzuda yirik anjuman tashkil etildi. Bu galgi manzil esa Germaniya! Аvvalo, bu ikki mamlakatni boglab turgan rishtalar haqida gapirib bersangiz.
- Аlbatta, Oʼzbekiston va Germaniyani bir necha ming chaqirimlik masofa ajratib tursada, xalqlarimiz oʼrtasidagi aloqalar uzoq asrlarga borib taqaladi. Uzaro munosabatlarda madaniy-gumanitar aloqalar aloxida urin tutadi. Bundan 25 yil muqaddam mamlakatlarimiz oʼrtasida madaniy hamkorlik toʼgʼrisidagi bitim imzolangan. Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida olib borilaetgan okilona, ochiq va oshkora tashqi siyosat samarasi oʼlaroq, Germaniya bilan munosabatlarimiz yanada mustaxkamlanmokda.
Ikki oʼlkada oʼtkazilayotgan tadbirlarda mamlakatlarimizning ijodiy jamoalari, madaniyat va sanʼat arboblari faol ishtirok etmokda. Jumladan, germaniyalik sanʼatkorlar Samarkandda oʼtkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa Festivalida muntazam qatnashib kelmokdalar. Joriy yilda ular Oʼzbekistonda ilk bor oʼtkazilgan Xalqaro maqom sanʼati anjumanida ham munosib ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda nemis shoir va yozuvchilarining asarlariga har doim kizikish katta boʼlgan. 1913 yilda Mashhur «Oyina» jurnalida oʼzbek tilida nemis xalq ertaklari, Gete, Geyne singari buyuk nemis shoirlarining asarlari chop etilgan. Bugun ham nemis klassik adiblari asarlari uzbek kitobxonlari tomonidan sevib oʼkiladi.
Germaniyada ham oʼzbek xalqining madaniy merosiga hamisha qiziqish katta bulib kelgan. "Oʼzbekiston madaniy merosi jahon toʼplamlarida" loyixasi doirasida olib borilgan izlanishlarimiz natijasida ikki mam lakat mutaxassislari hamkorligida "Oʼzbekiston madaniy merosi Germaniya toʼplamlarida" kitob-alьbomi yuzaga keldi. Xuddi shu mavzuda hujjatli filьm ham suratga olindi.
Biz Prezidentimiz tashrifi arafasida oʼtkazilgan media-forum doirasida mazkur kitob-alьbom taqdimotini ham oʼtkazdik.
- Mazkur alьbomning mazmun- mohiyati, uning avvalgilaridan farqli jihatlari haqida ham tuxtalib oʼtsangiz.
- Mazkur nashr shu turkumda chop etilayotgan kitob-alьbomlarning oʼn birinchisi xisoblanadi.
Bu kitobning eng eʼtiborli tomoni unga Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan soʼzboshi yezilganidir. Muhtaram Yurtboshimiz unda taʼkidlaganlaridek, "Oʼzbekistonda nashr qilingan, ikki mamlakatning sanʼatshunos olimlari va tarixchilari, fotorassomlari va jurnalistlarining mashaqqatli mehnati evaziga dunyoga kelgan bu ajoyib kitob xalqlarimizning oʼzaro xurmat-ehtiromi, mustahkam doʼstligi, Bir-birining tarixi va madaniyatiga Bulgan samimiy qiziqishining amaliy ifodasidir".
Mazkur jild Berlin Davlat kutubxonasi, Berlin Islom sanʼati muzeyi Berlin etnologiya muzeyi, Shtutgartdagi Linden nomli muzey. Gamburg sanʼat va hunar muzeyi, Leyptsig, DrezDen na Xerkut etnologiya muzeylari xamda Lyubek shahri (Ganzey) etnologiya toʼplamini qamrab oluvchi Saksoniya Davlat etnografiya kollektsiyasidagi osori atiqalarni oʼz ichiga oladi. Xususiy kollektsiyalar faxriy senator Manfred Bumillarga (Bamberg) tegishli boʼlgan Islom davri obidalari toʼplamini tashkil qiladi.
- Mazkur kitob turli internet nashrlarida "Oʼzbekistondagi ilk aqlli kitob" sifatida baholangan edi....
-Tugri, Oʼzbekiston tajribasida ilk bor kitob va axborot texnologiyalarining yutuqlari uygunlashtirildi. Oʼquvchilarga kitobdagi kollektsiya yoki biror buyum xakida toʼliq maʼlumotlar olish imkonini beruvchi qoʼshimcha zamonaviy usullar takdim etilmokda. Kitob saxifalaridagi maxsus belgilar planshet yoki smartfon yordamida skanerlanganda, ekranda obʼektning 3D formatidagi modeli hamda kollektsiya haqidagi videorolik namoyish etiladi. Buning uchun telefon yoki planshetta NazZar ilovasi yuklangan bo’lishi kerak.
- Bugungi kunda Germaniya toʼplamlaridan oʼrin olgan eng nodir eksponatlar xaqida ham toʼxtalib oʼtsangiz.
-Germaniyada saqlanayotgan, Oʼzbekistonga tegishli har bir kollektsiya uziga xos va betakrordir. Ular orasida Samarqanddagi Shohi-Zinda meʼmoriy majmuasi hamda Buxorodagi bayonkulixon maqbarasidan keltirilgan koshin parchalari, X asrga mansub. Аfrosiyob xarobalaridan topilgan sopol idishlar. Surxandaryo viloyati hududidan (Chagoniyon) topilgan arxeologik topilmalar. Buxoro amirligi davriga oid kashtapar, tikilgan kiyim-kechaklar, mexnat kurollari, zardoʼzlik va uy-roʼzgor buyumlari, ot anjomlari, Xiva xonligida yasalgan taqinchoqlarni misol keltirish mumkin.
Germaniyada saqlanayotgan Oʼzbekistonga oid nodir qoʼlyozmalar ham tadqiqotchilar uchun juda katta xazina bula oladi. Bu yerda Haydar Xorazmiyning uygʼur yozuvidagi “Maxzanul- asror" dostoni, buyuk olim va hukmdor Mirzo Ulugʼbekning "Ziji Koʼragoniy" jadvali, Аlisher Navoiyning "Xamsa", "Lisonut-tayr", "Mahbub-ul-qulub“, "Xamsatul-mutahayyirin" singari asarlari, Husayn Boyqaro devoni shular jumlasidandir.
- Bu galgi media-forum dasturidan yana kanday tadbirlar oʼrin oldi?
- Buyuk ipak yoʼli merosi - Oʼzbekiston va Germaniya oʼrtasidagi koʼprik" mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy forumi doirasida Oʼzbekistonning Berlindagi elchixonasida "Oʼzbekiston madaniy merosi dunyo toʼplamlarida" Turkumidan chop etilgan kitob-alьbomlar koʼrgazmasi oʼtkazildi.
Shuningdek, Yevropa jamoatchiligi eʼtiboriga Oʼzbekistonga oid qadimiy qoʼlyozmalar - "Katta Langar Qurʼoni", "Husayn Boyqaro devoni", "Temur tuzuklari", "Ravzatus-safo", "Meb- rojnama singari noyob qoʼlyozmalar, Soxibkiron xayoti va faoliyatidan xikoya qiluvchi "Zafarnoma" kitobidan olingan miniatyuralarning faksimile nusxalari keng jamoat chilikka takdim etildi.
Forum nixoyasida "Oʼzbekiston - Buyuk Ipak yulining yuragi" deb nompangan tantanali qabul marosimi oʼtkazildi. Unda 150 nafardan ortiq ishtirokchilar oʼzbek milliy taomlaridan, oʼzbek sanʼatkorlari ijrosidagi kuy-qoʼshiqlardan baxramand boʼlishdi. Shuningdek, kechada "Palov- oʼzbek taomlari brendi" videoroligining takdimoti ham boʼlib oʼtdi.