Harbiy ayollarning birinchi forumi

By Mudofaa vazirligi …, in 2019

Samarqand viloyati hokimligi, Markaziy harbiy okrugi koʼmondonligi hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchi ayollarining forumi oʼtkazildi.
Forumni oʼtkazishdan maqsad Oʼzbekiston Prezidentining serjantlar tarkibiga qaratilgan talablarini tushuntirish, milliy armiyamiz saflarida masʼuliyatli, tashabbuskor yoshlarni birlashtirish, harbiy xizmatchilar faolligini oshirishdan iborat.
Taʼkidlash kerakki, hozirgi kunda mamlakatimizda turli tarmoqlarda mexnat kilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etmokda. Jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1,5 mingta yaqin ayollar rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Birinchi bor oʼtkazilgan forum doirasida ayol harbiy xizmatchilarda xizmat vazifasini oʼtash chogida yuzaga kelayotgan muammo va takliflar muhokama qilindi, ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Namunali xizmat koʼrsattan ayollar munosib taqdirlandi.
Tadbir yakunida taniqli xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar davraga oʼzgacha fayz bagʼishlab, barchaga aʼlo kayfiyat ulashdi.