Oz uyida mehmonda
Muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Аndrey Fumin Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyida tarbiyalangan. Bolaligidan harbiy sohaga mehri tushgan yigit oʼz orzusiga erishdi. Hozir u Sharqiy harbiy okrugida yigitlik burchini ado etmokda.
Vatanparvarlik oyligi doirasida harbiy okrug qoʼshinlari qoʼmondonligi tomonidan Аndrey Fuminga oʼzi tarbiyalangan mexribonlik uyiga mehmonga kelish va yoshlar bilan samimiy muloqot qilish imkoni yaratildi.
- Bilasiz, Mehribonlik uyiga harbiylar koʼp tashrif buyuradi. Men har gal ular bilan suhbatlashganimda qalbimda oʼzgacha iliqlikni his qilardim. Egnidagi libosi yarashgan, gap-soʼzlaridan oʼziga ishonch va qatʼiyat sezilib turadigan bu insonlarga qarab, "qaniydi men ham kelajakda ulardek harbiy boʼlsam", deb orzu kilardim. Yillar oʼtib havas istakka, istak esa maqsadga aylandi. Mana niyatim amalga oshdi. Endi men xam Vatan posboniman va bundan gʼururlanaman,
deydi Аndrey bolajonlar bilan suhbatda.
Аndreyni havas bilan tinglab oʼtirgan yuzlab qorakoʼzlar askar akalarini birin-ketin savolga tuta boshladilar.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining <<Аskar boʼlish uchun sport bilan shugullanish shartmi?», «Harbiy kismda askarlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib bering», «Boʼsh vaqtlaringiz qanday oʼtadi?», «Kelajakda kaysi kasbni tanlamoqchisiz?» kabi savollariga batafsil javoblar qaytarildi.
Samimiy oʼtgan muloqot bolalar uchun taassurotlarga boy boʼldi.
Shuningdek, shu kunning oʼzida Chirchiq shahrida «Аskar - mahalla mehmoni>> tadbiri ham oʼtkazildi. Tadbir doirasida ayni vaqtda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Husniddin Tolipov oʼz uyiga mehmon boʼldi. Yaqinlar diydori, bir piyola choy ustidagi suhbat koʼngillarni eng yaxshi hislar bilan oshno qildi.