Qorinda yig‘ilsa dam
Yoshim 35 da. Uch nafar farzandim bor. Keyingi paytlarda tez- tez qornimda gaz yig‘iladigan bo’lib qoldi. Kornim to’q bo’lsa ham, och bo’lsa ham dam bo’lib, ba’zida juda qiynalib ketaman. Turli xil sekat xazm qiluvchi dorilarni ichib ko’rdim. Vaktinchalik foyda beradi, dori ichishni to’xtatganimdan so’ng yana gaz yigilishi davom yetaveradi. Korinda dam yig‘ilishining sababi nimada?
- Qorinda dam yigilishi, yeng avvalo oshkozon hazm qilish tizimi yaxshi ishlamasligidan kelib chikadi. Spirtli ichimliklar ichish, yog‘li, qovurilgan taomlarni ko’p iste’mol qilish natijasida oshqozon osti bezi yaxshi ishlamaydi. Undan tashqari qandli diabet kasalli giga chalingan yoki o’t qopida toshi bor bemorlarda ham qorinda gaz yig‘ilish holati kuzatiladi. Oshqozon osti bezi fermentlar, o’t yo’llaridagi ut pig- mentlari va o’t kislotasining yetarli darajada organizmga tushmasligi na- tijasida qorinda dam yig‘iladi. Ichak devorlarida surunkali yenterokolit kasalligida ham ovqat hazmi yaxshi bo’lmasligi natijasida havo, dam paydo bo’ladi.
Qorin dam bo’lishining oldini olish uchun ovkatlanish tartibiga rioya qilish kerak. Uxlashdan oldin kuchli ovqatlarni yemaslik, pala- partish ovqatlanmaslik zarur. Ichakda doimiy gaz yigilishi natijasida vitamin hamda mineral, undan tashqari oqsil yetishmasligi ham paydo bo’ladi. Natijada vazn kamayadi, holsizlik, kuvvatsizlik kuzatiladi. Organizmda ovkat yaxshi xazm bo’lishi, ichak mikrof- porasini yaxshilash uchun shifokor bilan maslahatlashib, dori- darmonlar ichib yurish tavsiya etiladi.
ICH KETISHNING DAVOSI
Savol: Yoz oylarida uch yashar o’limda ich ketish holati boshlanadi. Shifokor bilan maslaxatlashib. ke: rakli dori-darmonlarni ichiraman. Dori berishni to’xtatishim bilan yana kasallik avj oladi. Dastlab ikki-uch kun ichi kelishi kiyinlashadi, so’ng to’xtatib bo’lmaydi. Ba’zida kuniga besh-olti marta katnaganidan xolsizlanib koladi. Bu kasallikni tuzatsa bo’ladimi?
-Albatta, o’g‘lingizni bu kasallikdan xalos yetish mumkin. Buning uchun doimiy ravishda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishga to’g‘ri keladi. O’tkir yuqumli kasalliklar mavsumiy bo’lib, asosan yoz faslida avj oladi. Ya’ni, ko’cha- ko’yda kasallangan bemorlar bilan qo’l berib so’rashish, suv havzalarida chumilib, kir suvni yutish natijasida organizmga kasallik qo’zg‘atuvchi bakteriyalar kirib, ichakda kasallik kuzgatishi natijasida bolada ich ketish holati kuzatiladi. Cho’milish havzalari tez- tez xlorli modda bilan zararsizlantirib turilishi zarur. Kun qizigan payti odamda suv ichishga extiyoj kuchayadi. Ko’p suyuklik ichilganidan keyin, ichak devoridagi mikroblar tirilib, faollashadi. Natijada infeksiya ichak devorlarini zararlantiradi. Organizmga mikrob o’rnashib olgandan keyin ich ketish, kusish kuzatiladi, lohaslik, korinda kuchli og‘riq paydo bo’ladi. Ich ketish kasalligi uch xil bo’lib, oshqozon shaklida bemor qusadi. Oshqozon- ichak shaklida ham kusib, ham ichi ketadi.
Ichak siklining buzilishida bemorda to’xtovsiz, sharillab ich ketish holati kuzatiladi.
Ich ketishning oldini olish uchun mevalarni yuvib yeyish, qo’lni har doim sovunlab yuvib yurish, cho’milish havzalarida iloji boricha suv yutmaslik, bir martalik qo’l sochiqlardan foydalanish tavsiya yetiladi. Ichi ketayotgan va qusayotgan bemorga uy sharoitida birinchi yordam ko’rsatiladi. Regidron suyuqligini bir qadoqchasini bir litr suvga solib, bemorga tez- tez ichirish zarur. Guruch qaynatib, ozgina tuz solib, suvini ichirish ham yaxshi foyda beradi. Xalq tabobatida anor po’stlog’i yoki yantoqni qaynatib, suvini ichirish tavsiya yetiladi. Bularning barchasi shifokor yetib kelgunicha birinchi yordam maqsadida qilinadi. Ich ketishning kuchli formasini uy sharoitida shifokor ko’rigisiz davolab, to’xtatib bo’lmaydi. Agar kasallikning oldi olinmasa salmonellyoz, dizenteriya qo’zg’atuvchilari asoratli oqibatlarga olib keladi. Ya’ni, ichakda yara paydo bo’lishi, ichak devorlarining yemirilishi, qon ketish, xatto ichak teshilishigacha olib borishi mumkin.
Savollarga tibbiyot fanlari nomzodi Umid MURODOV javob berdi.