Yuz ochar”ga hojat qolmayaptI

By Umida Aziz, in 2018

Keyingi paytda yeng ko’p takrorlanayotgan ibora bu shubhasiz «Zamon o’zgarib ketdi», degan jumla bo’lsa kerak. Hayotimizdagi ko’p o’zgarishlarni, o’zimizni taajjubga solgan holatlarni zamonning o’zgarishi bilan izohlashga o’rganib qoldik.
«Avvalgi zamonlar boshqa edi. Hozir zamon o’zgardi!» Ilmsizligi, ma’naviyatsizligi, hoyu havasga o’chligini zamonga to’nkab, o’zini zamonaviy sanaydigan kishilar ko’payib bormoqda. Go’yo unaqalarni har turli behayoliklarni hammaning ko’z oldida hech uyalmay qilishga zamon majburlayapti. Turgan bitgani chiqim ham moddiy, ham ma’naviy zarar bo’lgan, na milliy qadriyatlarimizga, na o’zbekona tamoyillarga to’g‘ri kelmaydigan urf- odatlarning kashfiyotchilari bilib-bilmay nimalarni targ‘ib qilayotganlari xususida jiddiyroq mulohaza qilsalar bo’lar yedi. Axir, kattalarning har bir amali yoshlarga saboq bo’ladi. To’yxonaga kiriverishda shamlar yoqish, shampan vinosi quyilgan shisha idishlardan piramida yasash va xokazolar uchun kelin-kuyovlar pulni qayerdan oladi? Albatta, ota- onasidan. Ota-ona o’g‘il-qiziga: «Unaqa bema’ni qipiqlaringni yigishtirparing», desa bo’ladi-ku. Yoshlarni uz ixtiyoriga kuyib bersangiz. nimalarni xohlamaydi. Bugun odamlardan xayo ko’tarilgan, deydi faxriy o’qituvchi Gulsara opa - Odob- ahloq, milliy qadriyatlarimizni qadr-qiymati qolmagan. Xalqda «chillalik» degan ibora bor. Bir paytlari momolarimiz chilla davriga juda qattiq e’tibor berishgan. Chilla paytida kelin- kuyovlar yot nazarlardan begonalardan imkoni boricha uzoq bo’lishi uqtirilgan. Bugunga kelib, bu odatlarimizning allaqanday g‘arbcha urflar ta’sirida, ulg‘ayayotgan yoshlarning bema’ni orzu-havaslari evaziga milliy qadriyatlarimizga darz ketayotgani dilga og’riq soladi.
Yurtimizning ayrim hududlarida nikoh to’yining yertasi kuni «Yuz ochar» marosimi o’tkaziladi. Kuyov tomon ko’rmana bilan kelinchakka peshvoz chiqadi. Yangi kelin ham tavoze va ibo bilan salom qilib, yangi qarindoshlariga iltifot ko’rsatadi. Bu marosimda qatnashishimga to’g‘ri kelgan paytlar o’ylanib qolaman: kuni kecha, to’yda yuzi tugul, yelkalari- yu, ko’kragini hammaga ko’z- ko’z qilgan kelinchakning yuzini qaytadan ochish kulgili yemasmi?...
Bir paytlari nikox tuylarida kelinchaklar oq harir yopinchiq tagida boshini yegib o’tirishardi, yuzi ko’rinmasdi. To’y utgach, «Yuz ochar» qilib, kuyov tarafdagilar bilan chiroyli tanishuv marosimi o’tkazilardi. Bugungi kunda alohida marosim qilib kelinchakning yuzini ochishga hojat ham qolmayapti.
Yosh qizlarga insoniy fazilatlar, xayo, ibo, sharmu sha’nni o’rgatishi kerak bo’lgan onalarning o’zlari mantiqsiz «orzu- havas»lar ovvorasi bo’lib yurishibdi. Bunday onalarning qizlaridan yana nimalarni kutish mumkin?..
Kishining yeng ojiz tomoni uning irodasizligi bo’lsa kerak. Xalq orasida to’y qilish bahonasida tobora avj olayotgan illatlarni ko’pchiligimiz qoralaymizu, ammo o’zimiz ham boshqalar qatori shu odat larni davom yettiramiz. «Hamma shunday kilyapti», «Bolam o’ksib qolmasin», degan iddaolardan qochishni o’rgangan kunimiz yarmi yo’q ko’ylak kiyish, dustu begona oldida suzilib suratga tushish, hali o’zi salom berib ulgurmagan qaynonasiga tort yedirish, otasi- yu qaynotasidan hayo qilmay, kuyovi bilan qo’ltiqlashib raqsga tushishga o’xshagan qiliqlardan yoshlarimizni ham xalos qilarmidik?