«Vals tushishni bimmaydigan qizga menmayman!»

By Sadoqat Dadaeva, …, in 2018

Bu voqeaga uncha ko’p bo’lmadi. Mahallamizning yeng oldi qizlaridan bo’lgan Gulnigorni shaharga uzatilayotganini eshitganlar: «Juda yaxshi qiz, iloxim, baxtini bersin!» - deya duo qilishdi.
To'yga bir hafta qolganda yesa mahallada shivir- shivir boshlandi
- Kuyov tomon to’yni qaytaribdi. Kelin oydekkina bo’lsa, oliy ma’lumotli, gap- so’zi joyida, tarbiyali.
- Quda bolani ham rosa maqtashgandi. Qator-qator firmalari bor, biznesmen, deyishgandi. To’y nega qoldirilibdi?
-Kim biladi deysiz?
Oradan vaqt o’tib hammasi oydinlashdi: Ba’zan qo’shnimiz Sharofat ayaning aytishicha, quda bola «kulturniy» ekan kelin allaqanday «lavstorya» da qatnashishni istamagani va «akalarim, dadamning yonida siz bilan vals tushmayman», degani uchun to’yni to’xtatibdi. «Menga bunaqa omi kerakmas deganmish.
Bu gaplarni yeshitib, hayratdan yoqa ushladim. Tavba, ba’zi yigitlarimizga nima bo’lyapti? Qani ulardani oriyat, g’urur? Nahotki, turmush o’rtogini to’ydagi mehmonlarga ko’z- ko’z qilish. Kuyovjo’ralardan kelinning nozik qomati va chiroyli raqsi hakidagi «iliq» gaplarni eshitish ular uchun obro bo’lsa? Axir onasi, singlisi va yorini ko’zlardan qizg’angan, begona erkaklarning nazaridan asrashni o’zining yeng katta burchi deya bilgan er yigitlar bizdan emasmidilar? Qachondan buyon kelinning o’zgalardan tortinishi, akasi, otasi va yot yerkaklar oldida vals tushishdan uyalishi omilik sanaladigan bo’ldi? Demak, bugun tuynda kuyov bilan tokma-tog, bolma-bog sayr qilganini videoga muxrlab, to’yxonada namoyish kilaetgan, ochiq-sochiq libos kiygani yetmagandek, hayosizlarcha «xirom» ayla- yotgan ba’zi kelinlarimiz boshqalarga
Avvallari ayrim kelinlarning yelkasi ochik to’y liboslariga ko’nikolmay, «dod» derdik. Kayvoni buvijonlarning bu boradagi nasihatlarini yeshitaverib qizlarimizning «Qulog‘i bitdi» shekilli, bugungi kunda kelinlarimiz yegnida yengi butun ko’ylakni deyarli ko’rmaymi
Zamona zayli dediya, ba’zi yoshlarimiz qanday tanishganlariyu -topishganlarini bir kino yang’li tasvirga olib.. kamida 300- 400 kishilik restoranlarda bamaylixotir namoyish qilishga o’tishdi. Achinarlisi namoyish vaqtida tuyga kelgan mehmonlar-u mezbonlar- ning aksariyati bu holatni qarsak chalib kutib olayotgani
Vakt utib, «o’ta zamonaviy “ kizlarimiz nikoh to’yida dugonala- riga gul otish odatini o’zlashtirishdi. Bu marosim shunchalar urfga kirdiki, uloktirilgan gulni ilib olish buy yetgan ayrim qizlar uchun bamisoli Baxt kushiday orzuga aylanib koldi... Hatto o’sha savilni deb bir-biri bilan yoqalashib, to’yxonani boshiga ko’targan kizlarni ham ko’rdik, ko’ryapmiz.
Yashirmaylik, bugungi kunda qar 10 to’ydan 7 yoki 8 tasida albatta, kelin- kuyovning raqs mahoratiga guvox bulyapmiz. Agar bu holat faqat markazda, poytaxt hududida kuzatilyapti, desak, yanglishgan bo’lamiz. Ming afsuski, bu axmoqona odat qishloqlarimizga ham yetib borgan allakachonlar. Hozir ba’zi qishloq qizlari ham to’y kuni ertaklardagidek shahzodasi bilan vals tushishga havasmand.
Qayoqqa qarab ketyapmiz, odamlar? Nega brashmaydigan, sha’nimizga do salgan bemaza kiliklarni qadriyatga aylantirib, bamaylixotir o’tiribmiz? Bizning hozirgi ahvolimiz shoir yozganidek, o’zi o’tirgan shoxni o’z qo’li bilan arralayotgan kishini esga soladi. Biz asli kimlarning avlodi edik? Bobolarimiz papagi toza zotlar. ular uchun oriyat, g‘urur hayot- mamot masalasi yemasmidi? Momolarimiz uyatni boshiga toj bilgan, bo’y qizlari ulg’aygan adabni dugona tutishni qulog’ig’a quyib ulg‘aytirar edilarku. Qani o’sha xazinaga teng tarbiyamiz?
Qizik ba’zi yoshlarimizda ota-ona, bobo-buvilar, qaynona-qaynota ko’z o’ngida ham oyog‘i qaltiramey yevropacha raqs tushishga undagan jur’at qayerdan paydo bo‘laqoldi? Yoki biz shunchalar zamonaviylashib ketdigu, ajdodlarimiz e’tiqodidagi fazilatlar eskilik sarqitiga aylandimi? Nahot endi u nomus, oriyatni omilik sanab ko’chaga uloqtirsak.
Aslida, qizlarning tarbiyasi, qaysi zamon odobi, andishasi bilan belgilanadi. Muqaddas dinimizda ham, nomaxram erkaklar nazaridan nari bo’lish muslima ayolning ziynati sanaladi. Ammo bugun valsga tushib o’zini, kuyovini tomosha markaziga aylanishini istamagan Gulnigor kabi qizlarni omilikda ayblab, bo’lajak turmush o’rtog‘ini odamlar orasida beadablikka undayotgan ba’zi o’g’lonlarimizning qalb ko’zlarini shira bosgani ham ayni haqiqat. Aql- hushi joyida, ma’naviyati butun yigitlar yesa begonalar ko’z o’ngida beti bezrayib, bemalol o’ynay beradigan qizlarni umr yo’ldoshlikka hargiz tanlamaydilar. Chunki, bugun to’yida kuyov bilan quchoqlashib vals tushishga qaynona- qaynotasi, otasi- yu, aka- ukasidan uyalmagan kelinni ertaga betga solib, gap qaytardi, ovozining boricha baqirib janjal ko’tardi, desalar ajablanmayapmiz. Qay yigit «atirgul»ni tanlaydi, qaysisi «tulbor»ni o’ziga lozim ko’rishi, albatta, yigitlarimizning o’ziga xavola. Har holda atirgul ifori Gulbaxor xididan farqli bo’lsa kerak.
Ha aytgancha, Gulnigorga taqdiri qo’shilmagan «sovremenniy» kuyov yaqinda uylanibdi. Kelin o’zi orzu qilganidek, to’yda vals tushishni qoyillatibdi. Aytishlaricha, hali chillasi chiqmay turib, yakka-yolg‘iz o’g‘il bo’lgan kuyovini ota- onasidan alohida yashashga ham ko’ndirgan emish.