Xato qilishga endi xaqqimiz yo’q (yoxud qaysi alifboni tanlaymiz)
Keyingi 20-3 0 yil mobaynida Shumerlar haqida ko‘pdan ko‘p yangi kashfiyotlar amalga oshirildi. Italiya va Amerika olimlarining guvohlik berishicha, Shumerlar qadim turkiylarning ajdodi bo‘lib, mixxatlarga Bitilgan ilk yozuv ham aynan shularga tegishli ekan. Lekin bugun bizning o‘z yozuvimiz yuk, tushunyapsizmi, qariyb 400 millionli turkiylarning o‘z alifbosi yuk! Agar Shumerlarning kelib chiqishi hakidagi ilmiy gipotezalar to’g’ri bo’lsa, dunyoga ilk sivilizatsiyani, shu bilan birga, ilk yozuvni bergan turkiy qavmlarning bugun o‘z alifbosi yuk! Nega?.. Lekin hozirda alifbo masalasi nafaqat o‘zbeklarga, balki yurtimizda istiqomat qilib, o‘zbek tilida ta’lim olayotgan, so‘zlashayotgan unlab boshka xalk vakillariga ham tegishli bo‘lib, bir so‘z bilan aytganda, umumxalk masalasidir. Bu esa alifbo masalasining g’oyat jiddiy bo‘lib, unda xatoga yo’l qo’yish mumkin emasligini ko‘rsatadi.
BOBURNING MA’NAVIY JASORATI
Bobur hazratlarining «Xatti Boburiy»ni yaratishiga nima sabab.. bo’ldiykin, deb ko‘p o‘ylayman. Axir, muborak islom dini ruhida tarbiya topgan shoxning shu din nozil bo‘lgan yo ne istemolda ekan, boshqa alifbo haqida o‘ylashi, nafaqat o‘ylashi, balki uni ixtiro etishi hazil emas. Shularni o‘ylaganda quyidagicha mulohazalarga yechim topaman: qomusiy bilim egasi bo‘lgan Boburni turkiy til tabiati bilan amalda qo‘llanilayotgan arab yozuvi urtasida nomutanosiblik borligini sezgan bo‘lishi kerak. Bu - birlamchi sabab. Ikkilamchi Boburda milliy g’urur, turkona g’urur juda kerakli me`yorda bo‘lgan. Qolmishiga, u imperator edi. Shuning uchun ham Bobur yangi alifbo yaratishga jazm qilgan. Men bu bilan «Agar «Xatti Boburiy» yukolmaganda, biz hozir o‘sha alifboni ishlatardi va hammasi zӯr bo‘lardi», degan fikrdan mutlako yiroqman. Biz uning kanday «xat» ekanligini ham bilmaymiz. Bu yerdagi asosiy gap arab yozuvining turkiy tilni bor xususiyatlarini o‘zida to‘la aks ettira olmaganiga e`tibor qaratilganidir. (Muhtaram o‘quvchi, bu o‘rinda din va yozuv tushunchalarini aralashtirib yubormaylik!). Hozirda mavjud lotin yozuviga ham xuddi shunday e’tibor qaratishimiz kerak, deb o’ylayman. Chunki amaldagi lotin alifbosidagi notugallik kirill alifbosiga qaytaylik, degan mulohazalarning tug‘ilishiga sabab bulmoqda. Lekin hozirgi globalizm davrida kirillga qaytish ummonga endi organ tekkan baliqning ortta hovuzga kaytib ketishi bilan barobardir.
XADEB ALIFBONI ALMASHTIRISH OQIBATLARI
Buning zararini so‘z bilan aytib ado kilib bo‘lmaydi. So‘z bilan shunchasini aytish mumkindir, ehtimol: har bir alifbo almashishi ota bilan farzand urtasiga urilgan bittadan xitoy devoridek gap. Ular bir- birlarini ma’nan ko‘rmay qoladilar. Avlodning botiniy nigohi ajdodning ma’naviy buyi bastidan uziladi. Tamom! Natijada bosqinchi yoki tashki rakib kuchlar yangi avlodni xohlagan kuyiga solib o‘ynatadi. Axir, asrlar mobaynida shunday bo‘lmadimi? Bo‘ldi. Barita tarix guvox! Taassufki, kolonizatorlarning mafkurasi bilan uning alifbosida yozilgan yarim chin, yarim yolg‘on bitiklarni haligacha tarix deb kelayotganlar oramizda qancha...
KELAJAK UCHUN OVOZ BERAYLIK
Men hozirgacha har xil janrlarda unlab kitoblar e’lon qildim. Ularning hammasi kirillda. Kirillchada lotinchaga nisbatan bir necha baravar tez yozib, tez o‘qiyman. Ammo lotin alifbosiga ovoz beraman! Chunki xozirgi sharoitda xalqimiz uchun, uzbekistonliklar uchun lotin alifbosi eng maqbul yul, deb bi-
laman. (Albatta, «kani endi ming yillardan beri o‘zgarmay kelayotgan uz yozuvimiz bo‘lsa!» degan armon yuragimni xech qachon tark etmasa kerak!) Biz shunday tarixiy pallada yashayapmizki, har bir vatandosh uz shaxsiy va avlodi manfaatini bir chetga yigishtirib qo‘yib, butun boshli xalqning «Men» bulib oyokka turishini kuzlab ish tutishi zarur. Shunday kilinganda, bugungi kunda lotin alifbosidan ko‘ra foydaliroq boshqa alifbo yo’qligi ma’lum bo‘ladi. Ammo hozirda iste’molda bo‘lgan chala lotin alifbosiga emas, balki takomil topganiga ovoz beraman. Uni Zudlik bilan kiyomiga yetkazish va is- te’molga kiritish zarur. Bu borada ayrim muloxazalarimni aytib utay 9. F harflari tutuq belgisisiz, Ch, SH, NG kabi tovushlar bitta harf bilan berilishiga erishish kerak, Ruslardan qabul qilingan Yu bilan Ya dan voz kechilsa qanday bo‘larkin? «Yumaloqni «Yumaloq» tarzida yozilgandan keyin ruscha Yuriy ismini Yuriy, Yu. Borevni Y. Borev tarzida yesa buladi. Chunki ruska Yu (Ya ham) ikki harf birikimidan tashkil topgan. Nazarimda, «mumkin emas» degan tushuncha noto’g’ri tushuncha. Axir, nega biz o’zga tildan olingan so’z yoki atamani o’sha xalq tili va alifbosiga ko’ra yozib, talaffuz qilishimiz kerak? ch va sh da belgi harfning past qismiga emas, balki tepasiga qo’yilgan (shuningdek, NG,ng uchun N,i ning tepasiga belgi qo’yilgan) takliflarni ham uchratdim alifbo to’grisidagi juyali chiqishlarda. Qabul qilish mumkin. Ayni paytda, qardosh Turkiya turklari muvaffaqiyat bilan istifoda etayotgan G (F), C. (CH), S (Sh) lardan namuna olishning sira ayb joyi yo’q. Axir, qolgan harflarni Yevropa xalqlari tarkibiga singib ketgan, bugungi kunda tili o’lik hisoblangan lotin yozuvidan olishdan tortinmayapmiz- ku, nega endi tiliyu dini bir xalq alifbosida o’z o’rnini topgan harflardan istihola qilamiz? Axir, bu harflar bizga kerak. Qolaversa, bular ham lotin alifbosi negizida o’ylab topilgan. Kirillchadagi O’, Q. G‘. H kabi harflar ham harfning tepasi, o’rtasi va pastiga belgilar kuyish yo’li bilan yasalganligi shu tarzda ish tutish mumkinligini ko‘rsatadi. Ayirish (‘) belgisi borasida ham o’zgartirish kiritish lozim. Chunki u hozirgi shaklida so’zni ikkiga bo’lib tashlayapti. Ehtimol, biron qarf bilan berish, xatto undan butunlay voz kechish ham mumkindir. Nima bo’pti «ne’mat» suzini arablardek ayirish belgisiga urgu berib, so’zni ikkiga bulib (ne'mat) aytmasak? Og‘zaki tilda so’z «nemat» bo’lib talaffuz qilinadi- ku! Nega biz hamisha o’z artikulyatsion bazamizga xiyonat qilamiz? Nega o’zga tipdan olingan so’zni o’sha halq vakilidek talaffuz qilishimiz kerak, deb o’ylaymiz? Nega boshqa hamma xalqlar chet tillardan o’zlashgan so’zlarni o’ziga, til xususiyatlariga moslashtirib oladiyu (masalan, mening ismim ham, otamning ismi ham, nasabim ham ruscha talaffuzga ko’ra yozilganiga nima deysiz? - Hamdamov Ulugbek Abduvaxobovich), faqat biz o’zimizni o’zlashma so’zlarga moslaymiz? Nega buncha taqlidchimiz? Qani o’zligimiz? Qani o’zagimiz?..
Albatta, qilni qirq yoruvchi tilshunoslarimiz yanada jo’yaliroq takliflarni berishadi, berishyapti ham. Ushbu mulohazalar esa kaminaning bir filolog, yozuvchi sifatida aqlim yetganlari, xolos. Nari borsa, taklif deb qabul qiling. Lekin barcha takliflar umumxalq muhokamasidan o’tishi shart deb hisoblayman. Alifbo mukammal bo’lmaguncha muhokamaga qayta va qayta qo’yilaverishi tarafdoriman. Mayli, bu ishga yarim yil, bir yil sarflansin. Lekin, alaloqibat, mukammal alifboga erishaylik va u xalqimiz bilan birga doimiy qolsin! Mukammal alifboga yerishganimizdan keyin uni zudlik bilan qabul qilaylik! Qabul qilingan kundan e`tiboran esa bitta yozuvga, ya’ni lotinga o’taylik! Matbuot va davlat idoralari o’z ishlarini yagona yozuvda, lotinda yuritsa, bir necha oyda hammasi iziga tushib ketadi, deb ishonaman. Xo’sh, alifbodagi mukammallik nima degani? Menimcha, alifboning turkiy tilimiz tabiatini maksimal darajada o’zida aks ettirishi va zamonaviy texnika vositalari (jumladan, kompyuter, telefon, planshet kabi texnik vositalar klaviatura maydoni)da qulay ishlatilishi, deganidir. Yana boshqa qirralari bor bo’lsa, mutaxassislar hisobga olishadi, tushuntirishadi, deb o’ylayman. Chunki ular til bilimdoni. Sizu bizdan yaxshirog‘ini, to’g’rirog’ini bilishadi. Ammo tipga mas’uliyat, tilga kakdorlik bobida barchamiz barobarmiya. Bas, shunday yekan, jim turmaylik! Mulohazalarimizni umumxalq muxokamasiga qo’yaylik. Haqorat tilida emas, insoniy odob va ilmiy yetika dom- rasida baxslashaylik. Ammo, pirovard natijada to’g‘ri alifboni, bizga kerakli alifboni tanlab, tuzatib olaylik. Va boshka hech qachon alifbo masalasiga qaytmaylik! Gap shu yerga kelganda, xatto Konstitutsiyaga alifbo borasida bir modda kiritilib, unda alifboning o’zgartirilmasligi belgilab qo’yilsa, degim keladi. (Balki bu oshirib yuborilayotgan tadbirdir. Og‘zi kuygan qatiqni ham puflab icharkan...) Chunki alifboni yangilash, uni o’zgartirish millat bo’yi bastini qoq ikkiga bo’lib tashlash bilan barobardir. Shu ma’noda biz so’nggi yil mobaynida to’rt marta bo’lingan millatmiz, unutmaylik!
«Nega endi lotinni himoya qilib, munosabatingizni kirillda yozdingiz?» demoqchi bo’lgan maslakdoshlarimga aytay; avvalo, bu yuqorida aytgan barcha mulohazalarimni tasdiqlaydi men va mendan katta, mendan biroz kichik avlodlarning hammasining savodi kirillda chiqqan.
Biz bu alifboda suvdagi balikdek sezamiz o’zimizni. Qolaversa, kirillki yoqlayotganlar ham, asosan katta avlod vakillari, avvalo shular o’qisin, dedim. Ammo, birodarlar, bizning avlod qarib boryapti, dunyo degan saxnadan o’tib boryapti, demek, o’zimiz bilan birga kirillni muammoni ham olib ketyapmiz. Yosh avlodni takror kirillda o’qitmasak, taxminan 30, 40 yildan keyin ikki yozuvlilik degan ziddiyat baloning o’zi qolmaydi. Muammo xal bo’ladi. Bas, shunday ekan mening alifbom, sening alifbong demasdan, hayotta, hayot oldimizga qo’yayotgan muammolarga falsafiyroq karashni ham o’rganaylik. O’tmishni bag’rimizga bosib, kelajak sari boraylik! Lekin aslo va aslo aksini qilmaylik! Qiynalsa, katta avlodlar kiynalsin. Zahmatlarni mard bo’lib Buynimizga olaylik- da, chidaylik. Yeng muhimi, bizdan keyin kelayotgan avlodlarga yagona alifbo potik bilan oson va foydali bo’lsin! Zero, lotin alifbosi bugungi murakkab zamonda yurtdoshlarimizni nafaqat turkiy dunyo bilan uyg’unlikka, balki, umuman, jahonning ilg‘or hamjamiyati bilan hamkorlikka, zamonaviylik bilan asa hamnafaslikka xizmat qiladi. Xato qilishga yesa yendi haqqimiz yo’q!